Toshkentda tug‘ilgan Goroxovskiy AQSh davlat kotibi bo‘lishi mumkin

© AP Photo / Jacquelyn MartinNovim gossekretarem SShA mojet stat Goroxovskiy iz Tashkenta - SMI
Novim gossekretarem SShA mojet stat Goroxovskiy iz Tashkenta - SMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda tug‘ilgan Serjio Gor (Sergey Goroxovskiy) AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rniga tayinlanishi mumkin, deya yozadi AQSh nashri.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. AQShda davlat kotibi Marko Rubio o‘rniga Toshkentda tug‘ilgan Serjio Gor (Sergey Goroxovskiy) tayinlanishi mumkin. Bu haqda "The Washington Sun" nashri Donald Tramp ma’muriyatidagi ichki muhokamalardan xabardor 10 nafar manbaga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, respublikachilarning oraliq saylovlardagi mag‘lubiyatidan so‘ng Oq uyda kadrlar o‘zgarishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Asosiy nomzodlardan biri sifatida AQShning Hindistondagi elchisi Serjio Gor tilga olinmoqda.
U davlat kotibligidan tashqari, Oq uy apparati rahbari yoki davlat kotibi o‘rinbosari lavozimlariga ham da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Gor so‘nggi vaqtlarda yuqori darajadagi xalqaro muzokaralarda faol ishtirok etmoqda va Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatiga ega.
"Tramp uni juda yaxshi ko‘radi", — dedi prezident maslahatchilaridan biri nashrga.
Ayrim amerikalik amaldorlar Rubio 2028 yoki 2032-yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun hukumatdan ketishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Biroq Gor bu xabarlarni qat’iyan rad etdi. U Marko Rubioni o‘zining yaqin do‘sti deb atab, boshqa lavozimga qiziqmayotganini bildirdi.
Davlat departamenti va Oq uy vakillari ham ehtimoliy tayinlov haqidagi ma’lumotlarni asossiz deb atadi.
Serjio Gor kim?

"Times of Malta" va OCCRP jurnalistik surishtiruviga ko‘ra, Serjio Gor 1986-yil 30-noyabrda Toshkentda Sergey Goroxovskiy ismi bilan tug‘ilgan.

Bu ma’lumot uning Maltadagi ko‘chmas mulkiga oid notarial hujjatlar orqali aniqlangan. Gorning advokati Robert Garson ham uning Toshkentda tug‘ilganini tasdiqlagan.
Gor bolaligining bir qismini Maltada o‘tkazgan, keyinchalik oilasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgan.
U AQSh senatori Rend Pol bilan ishlagan, Trampning saylovoldi kampaniyalarida ishtirok etgan. Keyinchalik Oq uyda kadrlar boshqarmasiga rahbarlik qilib, minglab davlat amaldorlarini tanlash jarayoniga mas’ul bo‘lgan.
2025 yil noyabrda Gor AQShning Hindistondagi elchisi etib tayinlangan. U bir vaqtning o‘zida prezidentning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi.
© REUTERSShavkat Mirziyoyev prinyal spesposlannika prezidenta SShA Serdjio Gora. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev prinyal spesposlannika prezidenta SShA Serdjio Gora. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2026
Shavkat Mirziyoyev prinyal spesposlannika prezidenta SShA Serdjio Gora. Arxivnoe foto
Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serjio Gorni qabul qilgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSh munosabatlari, Marko Rubioning tashrifiga tayyorgarlik va C5+1 formatidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Hozircha Gorning yangi lavozimga nomzodi rasman ilgari surilmagan, Marko Rubio ham davlat kotibi lavozimini tark etishini e’lon qilmagan.
Vstrecha Saidi  Mirziyoyevoy s sopredsedatelem Amerikano-uzbekskogo delovogo soveta Serdjio Gorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2026
Vashingtonda Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor ishbilarmonlik masalalarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0