Registonning uch madrasasi nimalar haqida so‘zlaydi — fotoreportaj

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Nega Sherdorda sherlar tasvirlangan, Ulug‘bek madrasasida qanday bilimlar berilgan va Tillakori nomi qayerdan kelib chiqqan — bu haqda Registonning gid-ekskursovodi Asliddin Safarov so‘zlab berdi
TOShKENT, 5 noya — Sputnik, Bahrom Hatamov. Registon bo‘ylab sayr davomida feruza gumbazlar, koshinkor peshtoqlar va Tillakorining zarhal bezaklari butun jozibasi bilan namoyon bo‘ladi. Kunduzi maydon sayyohlar bilan gavjum bo‘lsa, kechqurun chiroqlar madrasalarning me’moriy qiyofasini ajratib ko‘rsatadi. Ansamblning tanish manzarasi ortida Samarqandning ta’lim, savdo va ma’naviy hayot tarixi mujassam. Asliddin Safarov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga uch madrasaning tarixi haqida so‘zlab berdi.
Uch madrasa turli davrlarda bunyod etilgan. Dastlab 1417–1420 yillarda Ulug‘bek madrasasi qurilgan. Oradan qariyb ikki asr o‘tib, Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodirning farmoni bilan Sherdor va Tillaqori qad rostlagan. Shu tariqa maydonning bugungi me’moriy ko‘rinishi shakllangan.
Ulug‘bek madrasasi haqida so‘zlar ekan, Safarov uning "madrasai oliya" — o‘z davrining oliy ta’lim maskani maqomiga e’tibor qaratadi. Mahobatli peshtoq ortida mudarrislar dars bergan, talabalar ilm olgan. Hujralar esa yashash va darslarga tayyorlanish uchun xizmat qilgan.

"Bu madrasaning o‘ziga xos jihati shundaki, bu yerda nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlardan ham ta’lim berilgan", — deydi Asliddin Safarov.

Uning aytishicha, o‘qish bepul bo‘lgan, talabalarga stipendiya berilgan, bitiruvchilar esa shahodatnoma olgan. Bu tafsilotlar Registonni o‘z qoidalari va kundalik tartibiga ega ta’lim markazi sifatida tasavvur qilishga yordam beradi.
Madrasa ro‘parasida 1619–1636 yillarda qurilgan Sherdor joylashgan. Uning eng taniqli bezagi — peshtoqdagi ohularni quvlayotgan sherlar va quyosh tasviri. Ekskursovod ushbu kompozitsiyaning ilmga intilish bilan bog‘liq talqinlaridan birini keltiradi.

"Go‘yoki talabani sherga, uning oldidagi ohuni esa bilimga qiyoslashgan", — izohlaydi Asliddin Safarov.

Gid quyosh timsolini ilm-fan va ma’rifat rivoji uchun zarur bo‘lgan tinchlik bilan bog‘laydi. Bu talqinda bezaklar binoning vazifasini — odamlar ilm olish uchun keladigan maskan ekanini eslatadi.
Avvalgi karvonsaroy o‘rnida 1646–1660 yillarda bunyod etilgan Tillakori ansamblga tugallik baxsh etgan. Uning uzun peshfasadi ortida ichki hovli joylashgan. Masjidning zarhal bezaklari esa interyerga alohida ko‘rk bag‘ishlaydi.

"Bu bino o‘z davrida jome masjidi vazifasini bajargan. Ichki qismi tilla bilan bezatilgani uchun mahalliy aholi orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo‘lgan", — deydi Asliddin Safarov.

Gid binoning yana bir jihatini qayd etadi: bosh fasad bo‘ylab hujralar ikki qavatli, hovlining qolgan uch tomonida esa bir qavatli qilib qurilgan. Bu yechim maydondagi inshootlarni yagona me’moriy kompozitsiyaga birlashtirishga yordam bergan. Safarov madrasalardagi bitiklarga ham alohida e’tibor qaratadi: ularda uch obida tarixini bog‘lab turuvchi g‘oya — ilmning qadri ifodalangan.
© Sputnik

Registon ansamblining gid-ekskursovodi Asliddin Safarov

Registon ansamblining gid-ekskursovodi Asliddin Safarov - Sputnik O‘zbekiston
1/19

Registon ansamblining gid-ekskursovodi Asliddin Safarov

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Registon maydonining sayyohlar bilan umumiy ko‘rinishi

Registon maydonining sayyohlar bilan umumiy ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
2/19

Registon maydonining sayyohlar bilan umumiy ko‘rinishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tillakori madrasasining — bosh peshtoqning mahobatli ravog‘i va nafis koshinkor naqshlari

Tillakori madrasasining — bosh peshtoqning mahobatli ravog‘i va nafis koshinkor naqshlari - Sputnik O‘zbekiston
3/19

Tillakori madrasasining — bosh peshtoqning mahobatli ravog‘i va nafis koshinkor naqshlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sherdor madrasasi — bosh peshtoqning umumiy ko‘rinishi

Sherdor madrasasi — bosh peshtoqning umumiy ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
4/19

Sherdor madrasasi — bosh peshtoqning umumiy ko‘rinishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sherdor madrasasi peshtoqidagi sher tasvirlangan koshinkor bezaklar

Sherdor madrasasi peshtoqidagi sher tasvirlangan koshinkor bezaklar - Sputnik O‘zbekiston
5/19

Sherdor madrasasi peshtoqidagi sher tasvirlangan koshinkor bezaklar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Milliy libosdagi qiz — jonli va ta’sirchan lavha

Milliy libosdagi qiz — jonli va ta’sirchan lavha - Sputnik O‘zbekiston
6/19

Milliy libosdagi qiz — jonli va ta’sirchan lavha

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tillakori madrasasining moviy gumbazi

Tillakori madrasasining moviy gumbazi - Sputnik O‘zbekiston
7/19

Tillakori madrasasining moviy gumbazi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sayyohlar Ulug‘bek madrasasi fonida

Sayyohlar Ulug‘bek madrasasi fonida - Sputnik O‘zbekiston
8/19

Sayyohlar Ulug‘bek madrasasi fonida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gumbaz naqshlarining geometrik uyg‘unligi va go‘zalligi

Gumbaz naqshlarining geometrik uyg‘unligi va go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
9/19

Gumbaz naqshlarining geometrik uyg‘unligi va go‘zalligi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Zarhal muqarnaslar va gumbaz ostidagi nafis bezaklar

Zarhal muqarnaslar va gumbaz ostidagi nafis bezaklar - Sputnik O‘zbekiston
10/19

Zarhal muqarnaslar va gumbaz ostidagi nafis bezaklar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sayyohlar Registon maydonida

Sayyohlar Registon maydonida - Sputnik O‘zbekiston
11/19

Sayyohlar Registon maydonida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tillakori madrasasining ichki ko‘rinishi va sayyohlar — tarixiy obidaning mahobati

Tillakori madrasasining ichki ko‘rinishi va sayyohlar — tarixiy obidaning mahobati - Sputnik O‘zbekiston
12/19

Tillakori madrasasining ichki ko‘rinishi va sayyohlar — tarixiy obidaning mahobati

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Koshinkor naqshlar bilan bezatilgan devorlar yonidagi sayyohlar

Koshinkor naqshlar bilan bezatilgan devorlar yonidagi sayyohlar - Sputnik O‘zbekiston
13/19

Koshinkor naqshlar bilan bezatilgan devorlar yonidagi sayyohlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tillakori madrasasi — Registonning me’moriy durdonasi

Tillakori madrasasi — Registonning me’moriy durdonasi - Sputnik O‘zbekiston
14/19

Tillakori madrasasi — Registonning me’moriy durdonasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ulug‘bek madrasasining ichki hovlisidagi sayyohlar.

Ulug‘bek madrasasining ichki hovlisidagi sayyohlar. - Sputnik O‘zbekiston
15/19

Ulug‘bek madrasasining ichki hovlisidagi sayyohlar.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Registon maydoni — uch madrasaning umumiy ko‘rinishi

Registon maydoni — uch madrasaning umumiy ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
16/19

Registon maydoni — uch madrasaning umumiy ko‘rinishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Yakuniy surat. Tungi Registon — sayyohlar chiroqlar yog‘dusidagi madrasalarni suratga olmoqda

Yakuniy surat. Tungi Registon — sayyohlar chiroqlar yog‘dusidagi madrasalarni suratga olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
17/19

Yakuniy surat. Tungi Registon — sayyohlar chiroqlar yog‘dusidagi madrasalarni suratga olmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sherdor madrasasining moviy gumbazi.

Sherdor madrasasining moviy gumbazi. - Sputnik O‘zbekiston
18/19

Sherdor madrasasining moviy gumbazi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Tungi chiroqlar yog‘dusidagi Registon

Tungi chiroqlar yog‘dusidagi Registon - Sputnik O‘zbekiston
19/19

Tungi chiroqlar yog‘dusidagi Registon

Yangiliklar lentasi
0