"Nogiron bo‘lib borayotgan avlod": Qirg‘iziston prezidenti energetiklarni taqiqlamoqchi

© Sosseti S.JaparovaSadir Japarov predlojil zapretit energeticheskie napitki v Kirgizstane
Sadir Japarov predlojil zapretit energeticheskie napitki v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2026
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Vazirlar Mahkamasiga energetik ichimliklar ishlab chiqarish va import qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov energetik ichimliklarni ishlab chiqarish va mamlakatga olib kirishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qirg‘iziston rahbarining ta’kidlashicha, bunday ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. U infarkt, qandli diabet va buyrak kasalliklariga chalingan fuqarolarni davolash davlat budjetiga katta yuk bo‘layotganini qayd etdi.
"Yoshligidan sog‘lig‘ini yo‘qotib, nogiron bo‘lib borayotgan avlod davlatga soliq to‘lash o‘rniga, aksincha, umrbod ijtimoiy nafaqaga muhtoj qatlamga aylanadi", — dedi Japarov.
Uning ma’lum qilishicha, 2025-yilda Qirg‘izistonda 54,2 mln litr yoki taxminan 129 mln banka energetik ichimlik iste’mol qilingan. 2026-yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 36,1 mln litrga yoki qariyb 85,9 mln bankaga yetgan.
Japarov taqiq joriy etilsa, davlat budjeti taxminan 1,5 mlrd som soliq tushumidan mahrum bo‘lishini ham ta’kidladi.

"Biroq millat, fuqarolar va kelajak avlodlar salomatligi hech qanday pul bilan o‘lchanmasligi kerak!" — dedi Qirg‘iziston yetakchisi.

Japarov Vazirlar Mahkamasiga bir oy ichida energetik ichimliklar ishlab chiqarish va import qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish, olti oy davomida esa tegishli huquqiy choralarni ko‘rish vazifasini yukladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar sotish taqiqlangan.
Letnyaya atmosfera v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2025
Mutaxassis kuzda bolalar sog‘lom bo‘lishi uchun 6 ta muhim tavsiya berdi
Yangiliklar lentasi
0