Vladimir viloyatida ishlab chiqarilgan: O‘zbekiston eng sarasini tanlaydi

© Sentr podderjki eksporta Vladimirskoy oblastiAnons Uzbekistan
Anons Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Vladimir viloyatining 4 korxonasi O‘zbekistonga eshiklar, toza xonalar tizimlari, dispersiyalar va shisha idishlar taklif etmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish mintaqa tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Rossiyaning “Xalqaro kooperatsiya va eksport” milliy loyihasini amalga oshirish sharoitida Vladimir viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi (EQM) rossiyalik eksportchilarga ko‘maklashishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining bo‘lajak hamkorlari uchun Vladimirviloyati ishlab chiqaruvchilarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlaridagi ishtiroki ularning ishonchli va vijdonan ishlashiga yana bir bortasdiqlaydi.
Bugun biz o‘quvchilarimizni Vladimir viloyatining to‘rtta eksportchi kompaniyasi bilan tanishtiramiz. Ular o‘z mintaqalarining Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi (EQM) ko‘magida O‘zbekistondagi hamkorlar bilan uzoq muddatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
“Fabrika dverey “KOVROV” –hamonbop narxlarda yuqori sifatli mahsulotlarni taklif etuvchi Rossiyadagi yirik xonalararo eshiklar ishlab chiqaruvchisidir. Fabrika Vladimir viloyatining Kovrov shahrida joylashgan. Fabrika sexlari Yevropaning yetakchi brendlariga mansub zamonaviy liniyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu nuqsonli mahsulotlar chiqishi xavfini kamaytirish va buyumlarning texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Ishlab chiqarish jarayonlari puxta yo‘lga qo‘yilganligi tufayli, talab etilgan hajmdagi mahsulot partiyalari belgilangan muddatlarda ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishonchli yetkazib beruvchilarning sifatli xomasholaridan foydalaniladi.
© "Fabrika dverey "KOVROV""Fabrika dverey "KOVROV"
Fabrika dverey KOVROV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
"Fabrika dverey "KOVROV"
“Fabrika dverey “Kovrov”klassik va zamonaviy dizayndagi eshiklarni (chuqur frezerlangan, baget ramkali va oynali modellarni) ishlab chiqaradi. Qurilmaning asosini tabiiy qarag‘ay yog‘ochidan yasalgan va MDF panellari bilan qoplangan mustahkam karkas tashkil etadi. Eshiklarni qoplashda asosiy urg‘u emalli modellarga beriladi (asosiy ranglar: oq, fil suyagi rangi, kulrang grafit, shuningdek, buyurtma asosida istalgan boshqa tuslar). Xaridorlar uchun yana bir afzallik — aynan fabrika quvvatlarida ishlab chiqariladigan maxsus qo‘shimcha buyumlar (eshik kesakilari, hoshiyalar, qo‘shimcha taxtachalar) hamda yoqilg‘i pelletlarini bir yo‘la xarid qilish imkoniyatidir.
“FD “Kovrov” korxonasining xonalararo eshiklari nafaqat Rossiyada, balki yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda ham xonadonlar, ofislar, uylar va turli xil muassasalarda makonni ajratish uchun jozibador hamda samarali yechim sifatida munosib shuhrat qozondi. Fabrika Moskva (Rossiya), Olmaota (Qozog‘iston) va Xo‘jand (Tojikiston) shaharlarida o‘z vakolatxonalariga ega. “FD “KOVROV” ulgurji mijozlar uchun mo‘ljallangan moslashuvchan dasturlari hamda o‘z internet-do‘konining samarali faoliyati tufayli bozorning ushbu segmentida salmoqli natijalarga erishdi.
“BRIF” kompaniyasi — toza xonalar uchun modulli tizimlar ishlab chiqaruvchi Rossiya-Serbiya qo‘shma korxonasidir. Ishlab chiqarish fondlariga kiritilgan sarmoyalar 1 mlrd rubldan oshdi. Fabrika Vladimir viloyatining Kolchugino shahrida joylashgan.
© OOO "BRIF"OOO "BRIF"
OOO BRIF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
OOO "BRIF"
2025 yil avgust oyida korxona toza xonalar qurilma elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha quvvatiga chiqdi. 2026-yilda “BRIF” MChJ mahsulotlari “Rossiya sanoat mahsulotlari” reyestriga kiritildi. Ushbu mahsulotlar mikro va radioelektronika, farmatsevtika, tibbiyot, oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoati korxonalari, shuningdek, barcha yo‘nalishdagi davolash-profilaktika muassasalari hamda har xil turdagi laboratoriyalarda toza xonalar majmuasini barpo etishda qo‘llaniladi.
Ta’minlanadigan tozalik sinflari — ISO 8 dan ISO 5 gacha hamda GMP standartlari. Tayyor toza xona yagona texnologik majmua (devorlar, shift, filtr-shamollatish mashinalari, eshiklar, uzatish bokslari, avtomatik nazorat tizimi va boshqalar) sifatida o‘zimizda ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘liq butlanadi. Toza xonalar uchun kafolat muddati — 10-yil. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati soha standartlariga va eng ilg‘or texnologik korxonalarning yuqori talablariga javob beradi. Ishlab chiqarish madaniyati Yevropa darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Buyurtmachining g‘oyasidan tortib, loyihalashtirish, uskunalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish, obyektni foydalanishga topshirish hamda ishlab turgan majmuaga keyingi xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan barcha xizmatlar — mazkur sohada 20-yillik tajribaga ega yagona kompaniya tomonidan taqdim etiladi.
Toza xonalar elementlari texnologiyasi Yevropa hamda Rossiya Federatsiyasidagi hamkorlarning yillar davomida olib borgan faoliyatida sinovdan o‘tgan. So‘nggi 5-yil ichida elektronika sanoati va farmatsevtika sohasida foydalanishga topshirilgan toza xonalar obyektlarining umumiy hajmi 100 ming m2 dan oshadi.
“Akrilan” kompaniyasi ROSNANO guruhi tarkibiga kiruvchi, Rossiya Federatsiyasida suvli stirol-akril dispersiyalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona hisoblanadi. Korxona Vladimir viloyatida joylashgan. O‘n besh yildan ortiq vaqt davomida “Akrilan” keng turdagi pardozlash va himoya materiallari: fasad va interyer bo‘yoqlari, yog‘och va metall qoplamalari, emallar, laklar, yelimlar, germetiklar, shpaklovkalar, shuningdek, bir va ikki tarkibiy qismli suyuq gidroizolyatsiya vositalari uchun asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiluvchi dispersiyalarni yaratib, ishlab chiqarib kelmoqda.
© "Akrilan""Akrilan"
Akrilan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
"Akrilan"
Zavodda Rossiya, Yaponiya, Germaniya va Finlyandiyadan keltirilgan zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan bir nechta ishlab chiqarish liniyalari mavjud. Ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 60 000 tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Organik sintez jarayonining to‘liq, 100% avtomatlashtirilgani ishlab chiqarishning barcha parametrlarini: reaksiya harorati va vaqtidan tortib, tarkibiy qismlar konsentratsiyasigacha aniq nazorat qilishni ta’minlaydi. Bu esa tayyor mahsulotning barqaror yuqori sifatini kafolatlaydi.
Zavodda zamonaviy va yuqori aniqlikdagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan professional laboratoriya ishlaydi. Laboratoriyaning texnik imkoniyatlari xomashoning dastlabki nazoratidan tortib, tayyor mahsulot partiyalarining yakuniy sinovlarigacha bo‘lgan suv dispersiyalarini tadqiq qilishning to‘liq siklini o‘tkazishga imkon beradi.
“Akrilan” texnik qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassislari mavjud ishlanmalar orasidan mos mahsulotni tanlash, ularni joriy ehtiyojlarga moslashtirish yoki “noldan” yangi mahsulot ishlab chiqishda yordam beradi.
“Akrilan” har bir mijozga shunchaki mahsulot emas, balki uning o‘ziga xos ishlab chiqarish talablariga to‘liq javob beradigan keng qamrovli yechim taqdim etishga intiladi.
“BrendAlko” — likor-aroq, alkogolsiz ichimliklar, oziq-ovqat va parfumeriya sanoatining eksklyuziv hamda yuksak maqsadli brendlari uchun shisha idishlar ishlab chiqaruvchi korxonadir. Kompaniya qadoqlash sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni kuzatib boradi, eng ilg‘or yechimlarni joriy etadi va doimiy ravishda dizayn hamda materiallar borasida tajribalar o‘tkazadi. Shu orqali u mijozlarning g‘oyalarini mujassam etadi, ularni takomillashtiradi va hayotga tatbiq qiladi.
© "BrendAlko" "BrendAlko"
BrendAlko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
"BrendAlko"
“BrendAlko” raqobatchilardan yaqqol ajralib turadigan, noyob qadoqlarni yaratish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasini taklif etadi. Ko‘pincha murakkab geometrik shaklga ega bo‘lgan mahsulot dizaynini ishlab chiqish jarayoni, uning yakuniy ko‘rinishini tasavvur qilish uchun uch o‘lchamli model yaratish bosqichini ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish natijasi esa har doim yuqori sifatli mahsulot bo‘lib, u har qanday murakkablikdagi buyumning premium darajada ekanligini maqbul narxlarda namoyon etadi. “BrendAlko” loyihalarni turli texnologik usullarda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi, masalan, shishani eritma holatidayoq deyarli har qanday rangga bo‘yash yoki mahsulotning o‘ziga xosligini ta’kidlaydigan an’anaviy hamda innovatsion bezash texnologiyalarining keng tanlovi. Eksklyuziv materiallardan yorliqlar ishlab chiqarishdagi texnik imkoniyatlarimiz: ko‘p qatlamli bo‘rttirma (kongrev), sovuq va issiq usulda zarb bosish, turli xildagi laklash, laminatsiyalash hamda perforatsiyalash ishlarini istalgan ketma-ketlikda bajarishdan iborat. Shuningdek, kompaniya o‘z mijozlariga sharbatlar, mineral suvlar, souslar hamda alkogolli mahsulotlarning premium segmentiga mansub qadoqlarini bezashda qo‘llaniladigan termokirishuvchan (sliv) yorliqlash usulidan foydalanish imkoniyatini ham taklif etadi. Turli xil materiallarning keng assortimentidan foydalaniladi. Qopqoq tanlashda esa eng ommabop berkitish vositalari, jumladan, qalpoqchalar, polimer tiqinlar, GPI (Kendo) tiqinlari hamda po‘kak tiqinlar mavjud.
“BrendAlko” mahsulotlarni sertifikatlaydi va deklaratsiyadan o‘tkazadi, fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtiradi hamda puxta o‘ylangan logistika evaziga mahsulotlarni butun dunyo bo‘ylab o‘z vaqtida va maksimal foyda bilan jo‘natish uchun barcha talablarni bajaradi.
Vladimir viloyati mahsulotlarini tanlagan O‘zbekiston biznesi nafaqat mahsulotga, balki sifat kafolatiga ega bo‘lgan kompleks yechimlarga ega bo‘ladi. “Vladimir viloyatida ishlab chiqarilgan” tovar belgisi ishonchlilik ramziga va O‘zbekistondagi eng yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish kafolatiga aylanmoqda.
Material tijorat shartlari asosida chop etildi.
Yangiliklar lentasi
0