O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi kamaydi — qaysi sohalarda yuqori?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8 foizga tushdi. Eng yuqori ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8 foizni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davridagi 23,9 foizga nisbatan 2,1 foiz bandga kam.
Sohalar kesimida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi eng yuqori qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 57,6 foiz bo‘ldi. Xizmatlar sohasida bu ko‘rsatkich 23,8 foiz, qurilishda 8,3 foiz, sanoatda esa 4,9 foizni tashkil etdi.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot — muntazam statistik kuzatuvlarda to‘liq yoki qisman qamrab olinmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. U uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati, shuningdek, yashirin iqtisodiyotni qamrab oladi. Uning hajmi bilvosita usullar orqali baholanadi.
Yangiliklar lentasi
0