https://oz.sputniknews.uz/20261104/usa-demokratlar-senat-saylov-galaba-61727224.html
Demokratlar Senatda g‘alaba qozondi, Kongressda ham ustunlikka yaqin—Trampga qiyin bo‘ladimi?
Demokratlar Senatda g‘alaba qozondi, Kongressda ham ustunlikka yaqin—Trampga qiyin bo‘ladimi?
Sputnik O‘zbekiston
AQShda demokratlar Senatda g‘alaba qozondi, Vakillar palatasida ham ustunlikka erishishi mumkin. Tramp "veto" bilan javob berishga tayyor. Kongressdagi o‘zgarishlar prezident siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
2026-11-04T10:41+0500
2026-11-04T10:41+0500
2026-11-04T11:31+0500
saylov natijalari
saylovlar
donald tramp
senatorlar
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/98/129880_0:0:1024:577_1920x0_80_0_0_bed9e68c1ede099a8c223f5261398a2c.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. AQShda 3-noyabr kuni o‘tkazilgan oraliq saylovlarda demokratlar Senatda g‘alaba qozondi. Reuters xabariga ko‘ra, amerikalik OAV ularning Kongressning quyi palatasida ham ko‘pchilikni qo‘lga kiritishini prognoz qilmoqda. Ovozlarni sanash davom etmoqda.Tramp qanday javob qaytardi?Donald Tramp saylov natijalari haqidagi xabarlar fonida VETO ("veto") yozuvi tushirilgan kepka suratini e’lon qildi.U avvalroq CBS News telekanaliga bergan intervyusida demokratlar Kongressni nazoratga olsa, ularning qonun loyihalariga veto qo‘yishga tayyorligini bildirgan edi.Trampning fikricha, qonunlarni qayta-qayta rad etish demokratlarni prezident bilan murosaga kelishga majbur qilishi mumkin.Shu bilan birga, Tramp The New York Times nashriga saylov natijalarini tan olishga va demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.AQSh Kongressi qanday ishlaydi?AQSh Kongressi ikki palatadan iborat:Prezident saylovidan ikki yil o‘tgach, oraliq saylovlar o‘tkaziladi. Bunda Vakillar palatasi to‘liq, Senatning esa taxminan uchdan bir qismi qayta saylanadi.2026 yilgi saylovlarda Vakillar palatasidagi 435 ta, Senatdagi 35 ta o‘rin uchun kurash bo‘lib o‘tdi.Tramp uchun nima o‘zgaradi?Kongress yangi qonunlar va budjetni qabul qiladi. Senat esa prezident taklif qilgan vazirlar, elchilar va federal sudyalarni tasdiqlaydi.Demokratlar Senatni nazorat qilishi Trampning kadrlar tayinlash imkoniyatlarini cheklashi mumkin.Biroq Tramp prezidentlik lavozimini saqlab qoladi. U Kongress qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yishi mumkin. Vetoni bekor qilish uchun har ikki palatada uchdan ikki qism ovoz talab etiladi.Yangi Kongress 2027-yil 3-yanvardan ish boshlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/usa-tanlov-59620444.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/12/98/129880_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_d947990076f56cfc108238e95fee6ddb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saylov natijalari, saylovlar, donald tramp, senatorlar, dunyo yangiliklari
saylov natijalari, saylovlar, donald tramp, senatorlar, dunyo yangiliklari
Demokratlar Senatda g‘alaba qozondi, Kongressda ham ustunlikka yaqin—Trampga qiyin bo‘ladimi?
10:41 04.11.2026 (yangilandi: 11:31 04.11.2026) AQShda demokratlar Kongressning har ikki palatasida g‘alaba qozonmoqda. Bu Trampning keyingi ikki yillik siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. AQShda 3-noyabr kuni o‘tkazilgan oraliq saylovlarda demokratlar Senatda g‘alaba qozondi. Reuters xabariga
ko‘ra, amerikalik OAV ularning Kongressning quyi palatasida ham ko‘pchilikni qo‘lga kiritishini prognoz qilmoqda. Ovozlarni sanash davom etmoqda.
Tramp qanday javob qaytardi?
Donald Tramp saylov natijalari haqidagi xabarlar fonida VETO ("veto") yozuvi tushirilgan kepka suratini e’lon qildi.
U avvalroq CBS News telekanaliga bergan intervyusida demokratlar Kongressni nazoratga olsa, ularning qonun loyihalariga veto qo‘yishga tayyorligini bildirgan edi.
Trampning fikricha, qonunlarni qayta-qayta rad etish demokratlarni prezident bilan murosaga kelishga majbur qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Tramp The New York Times nashriga saylov natijalarini tan olishga va demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.
"Men bu natijalarni tan olishga to‘liq tayyorman. Biz demokratlar bilan ishlaymiz va hamkorlikni intizorlik bilan kutamiz", — dedi u.
AQSh Kongressi qanday ishlaydi?
AQSh Kongressi ikki palatadan iborat:
Senat — 100 nafar senator, har bir shtatdan ikkitadan. Ular olti yilga saylanadi.
Vakillar palatasi — 435 nafar deputat. Ular ikki yilga saylanadi.
Prezident saylovidan ikki yil o‘tgach, oraliq saylovlar o‘tkaziladi. Bunda Vakillar palatasi to‘liq, Senatning esa taxminan uchdan bir qismi qayta saylanadi.
2026 yilgi saylovlarda Vakillar palatasidagi 435 ta, Senatdagi 35 ta o‘rin uchun kurash bo‘lib o‘tdi.
Tramp uchun nima o‘zgaradi?
Kongress yangi qonunlar va budjetni qabul qiladi. Senat esa prezident taklif qilgan vazirlar, elchilar va federal sudyalarni tasdiqlaydi.
Demokratlar Senatni nazorat qilishi Trampning kadrlar tayinlash imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
Agar ular Vakillar palatasida ham g‘alaba qozonsa, prezident ma’muriyati faoliyati yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish va uning qonunchilik tashabbuslariga to‘sqinlik qilish imkoniyatlari kengayadi.
Biroq Tramp prezidentlik lavozimini saqlab qoladi. U Kongress qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yishi mumkin. Vetoni bekor qilish uchun har ikki palatada uchdan ikki qism ovoz talab etiladi.
Yangi Kongress 2027-yil 3-yanvardan ish boshlaydi.