Toshkentda "Aks sado" ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro Kimyo universiteti bitiruvchilari diplom ishlarini "HAM_NAFAS" guruhidagi ustozlarining asarlari bilan birga namoyish etdi.
Toshkent fotosuratlar uyida "HAM_NAFAS" ijodiy guruhining "Aks sado" nomli ikkinchi ko‘rgazmasi namoyish etildi. 2023-yil dekabrida tuzilgan guruhga bu gal yana besh rassom qo‘shildi. Ko‘rgazma kuratori — Ma’suda Abduraxmonova.
Dilshod Azizov, Shoira Shodiyeva singari guruh a’zolari ijod bilan birga shogird ham tarbiyalaydi. Tashkilotchilar ko‘rgazmaga bag‘ishlangan matnda "Aks sado"ni "ustoz va shogirdlar ijodiy muloqotining badiiy ifodasi" deb ta’riflaydi. Toshkent xalqaro Kimyo universiteti bitiruvchilari, jumladan, Azizaxon Xatamova va Darya Korshunova o‘z diplom ishlarini ustozlarining asarlari bilan birga namoyish etdi.
Toshkent xalqaro Kimyo universiteti bitiruvchilari diplom ishlarini ustozlarining asarlari bilan birga namoyish etdi. "Ushbu ishlar talabalarning ta’lim jarayonida egallagan bilim va ko‘nikmalari, kompozitsion yechim topish mahorati hamda mustaqil ijodiy izlanishlarini aks ettiradi", — deb yozadi ko‘rgazma kuratori Ma’suda Abduraxmonova.
Ayrim kompozitsiyalarda oilaviy hayot va qishloq turmushi tasvirlangan bo‘lsa, boshqalarida rassomlar raqs harakatlarining nafosatini aks ettirgan. Antik davr madaniyati va mifologiyadan ilhomlangan asarlar ham bor. Realistik tasvirlar bilan bir qatorda ramz va majozlarga qurilgan kompozitsiyalar ham o‘rin olgan.

1/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

2/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

3/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

4/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

5/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

6/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

7/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

8/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

9/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

10/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

11/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

12/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

13/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

14/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma

15/15
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Aks sado" nomli ko‘rgazma