https://oz.sputniknews.uz/20261104/ekstremizm-huquqbuzarlik-jazo-61729204.html
Ekstremistik materiallar bilan bog‘liq ilk huquqbuzarlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Ekstremistik materiallar bilan bog‘liq ilk huquqbuzarlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ekstremistik materiallar bilan bog‘liq ayrim birinchi huquqbuzarliklar uchun jinoiy jazo bekor qilindi. Jarima, ma’muriy qamoq va internet manbalarining yangi reyestri haqida.
2026-11-04T11:12+0500
2026-11-04T11:12+0500
2026-11-04T11:18+0500
ekstremizm
yangi qonun
jinoyat kodeksi
jarima
qamoq
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/12/23408404_0:76:2001:1201_1920x0_80_0_0_e0a0c541748add9a36ab25005379f05f.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash kabi ayrim huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jinoiy javobgarlik o‘rniga ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi. Bu 2-noyabrda qabul qilingan qonunda belgilandi.Ilgari bunday harakatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan edi. Yangi tartibga ko‘ra, jinoiy javobgarlik ma’muriy jazodan keyin huquqbuzarlik takroran sodir etilganda yuzaga keladi.Belgilangan harakatlar uchun fuqarolarga BHMning 50–100 baravari, ya’ni 22–44 mln so‘m jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.Shu bilan birga, ekstremistik va boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.Internet manbalari uchun yangi tartibEndi Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar, materiallar va elektron manbalarning ochiq reyestrini yuritadi.Material yoki manbani ekstremistik deb topish uchun ekspertiza xulosasi talab qilinadi. Hujjatlar Bosh prokuratura tomonidan tekshirilib, qaror qabul qilish uchun Oliy sudga kiritiladi.Qonun 3-noyabrdan kuchga kirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260127/poytaxt-giyohvandlik-kiberjinoyat-55310233.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/12/23408404_174:0:1775:1201_1920x0_80_0_0_2c23d5cb779f13e78f8f6ab6e567d97a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekstremizm, yangi qonun, jinoyat kodeksi, jarima, qamoq, adliya vazirligi
ekstremizm, yangi qonun, jinoyat kodeksi, jarima, qamoq, adliya vazirligi
Ekstremistik materiallar bilan bog‘liq ilk huquqbuzarlik uchun jinoiy jazo bekor qilindi
11:12 04.11.2026 (yangilandi: 11:18 04.11.2026) O‘zbekistonda ekstremistik materiallar bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun jazo yengillashtirildi. Yangi qonunda jarima va qamoq muddatlari ham belgilandi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ekstremistik materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash kabi ayrim huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jinoiy javobgarlik o‘rniga ma’muriy javobgarlik qo‘llanadi. Bu 2-noyabrda qabul qilingan qonunda
belgilandi.
Ilgari bunday harakatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan edi. Yangi tartibga ko‘ra, jinoiy javobgarlik ma’muriy jazodan keyin huquqbuzarlik takroran sodir etilganda yuzaga keladi.
Qonun ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirgin solish, fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirish yoki aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarga ham taalluqli.
Belgilangan harakatlar uchun fuqarolarga BHMning 50–100 baravari, ya’ni 22–44 mln so‘m jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.
Shu bilan birga, ekstremistik va boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etish uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Internet manbalari uchun yangi tartib
Endi Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar, materiallar va elektron manbalarning ochiq reyestrini yuritadi.
Bir yil davomida ikki yoki undan ortiq marta ekstremistik materiallar joylashtirilgan va tarqatilgan internet manbalari ham ushbu reyestrga kiritiladi.
Material yoki manbani ekstremistik deb topish uchun ekspertiza xulosasi talab qilinadi. Hujjatlar Bosh prokuratura tomonidan tekshirilib, qaror qabul qilish uchun Oliy sudga kiritiladi.
Qonun 3-noyabrdan kuchga kirdi.