"Urush yaqin oylarda tugaydi, Rossiya butun G‘arbga qarshi jang qilmoqda": Lukashenko bayonotlari
"Urush yaqin oylarda tugaydi, Rossiya butun G‘arbga qarshi jang qilmoqda": Lukashenko bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugashini prognoz qildi. U resurslar haqidagi so‘zlarini izohlab, gap Rossiyaning moddiy imkoniyatlari emas, mojarodan umumiy charchoq haqida ketayotganini ta’kidladi.
2026-11-03T17:41+0500
2026-11-03T17:41+0500
2026-11-03T17:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi qurolli mojaro yaqin oylarda yakunlanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u Minskda o‘tayotgan IV xalqaro Yevroosiyo xavfsizligi konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Belarus prezidenti matbuot xizmati.Lukashenko bu uning shaxsiy fikri ekanini ta’kidladi.Shu bilan birga, Belarus prezidenti resurslar haqidagi so‘zlari Rossiyaning moddiy imkoniyatlari tugaganini anglatmasligini alohida ta’kidladi.Uning aytishicha, Rossiyada resurslar yetarli, hatto butun dunyoga yetadi. Lukashenko resurslar tugagani haqida gapirganda, birinchi navbatda, odamlarning ruhiy charchog‘ini nazarda tutganini tushuntirdi.Lukashenkoning fikricha, 2022-yildayoq mojaroni bir necha hafta yoki hatto kun ichida yakunlash imkoniyati bo‘lgan. Biroq u G‘arb davlatlarini Kiyevdan janglarni davom ettirishni talab qilganlikda aybladi.Lukashenkoning ta’kidlashicha, Rossiya hozir Ukrainada deyarli butun G‘arbga qarshi jang qilmoqda. U Belarus bu vaziyatdan yaxshi xabardor ekanini, o‘z so‘zlarida Rossiya yoki boshqa tomonlarning bayonotlarini shunchaki takrorlamayotganini aytdi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, jang maydonida ayrim G‘arb davlatlari, shuningdek, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelgan kishilar ham bor.Minsk muzokaralarni qabul qilishga tayyorLukashenko Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini Belarus hududida qayta boshlashni taklif qildi. U mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishdan boshqa muqobil yo‘l yo‘qligini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk muzokaralar uchun Prezident-otel yoki Mustaqillik saroyini taqdim etishga tayyor. Biroq Belarus bu jarayonda shunchaki vositachi bo‘lishni istamaydi, chunki mamlakatning ham jiddiy manfaatlari bor.Shuningdek, Lukashenko AQSh prezidenti Donald Trampning siyosati qarama-qarshi baholanayotganiga qaramay, uning harakatlari hozircha dunyoni uchinchi jahon urushidan saqlab qolayotganini ta’kidladi.U mojaro tugaganidan keyin Ukrainani tiklashda Belarus, Rossiya va Ukraina birgalikda ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ham bildirdi.
Belarus prezidenti Ukrainadagi mojaro yaqin oylarda yakunlanishi mumkinligini bildirdi, tinchlik muzokaralarini Minskda o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi qurolli mojaro yaqin oylarda yakunlanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u Minskda o‘tayotgan IV xalqaro Yevroosiyo xavfsizligi konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Belarus prezidenti matbuot xizmati.
Lukashenko bu uning shaxsiy fikri ekanini ta’kidladi.
"Ukrainadagi urush yaqin oylarda tugaydi. Bu mening shaxsiy fikrim. Bo‘ldi, kuchi ham, resurslari ham qolmadi, hamma charchadi", — dedi u.
Shu bilan birga, Belarus prezidenti resurslar haqidagi so‘zlari Rossiyaning moddiy imkoniyatlari tugaganini anglatmasligini alohida ta’kidladi.
Uning aytishicha, Rossiyada resurslar yetarli, hatto butun dunyoga yetadi. Lukashenko resurslar tugagani haqida gapirganda, birinchi navbatda, odamlarning ruhiy charchog‘ini nazarda tutganini tushuntirdi.
"Resurslar boshda qolmadi. Hamma bu urushdan charchadi", — dedi Belarus yetakchisi.
Lukashenkoning fikricha, 2022-yildayoq mojaroni bir necha hafta yoki hatto kun ichida yakunlash imkoniyati bo‘lgan. Biroq u G‘arb davlatlarini Kiyevdan janglarni davom ettirishni talab qilganlikda aybladi.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Rossiya hozir Ukrainada deyarli butun G‘arbga qarshi jang qilmoqda. U Belarus bu vaziyatdan yaxshi xabardor ekanini, o‘z so‘zlarida Rossiya yoki boshqa tomonlarning bayonotlarini shunchaki takrorlamayotganini aytdi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, jang maydonida ayrim G‘arb davlatlari, shuningdek, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelgan kishilar ham bor.
Minsk muzokaralarni qabul qilishga tayyor
Lukashenko Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini Belarus hududida qayta boshlashni taklif qildi. U mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishdan boshqa muqobil yo‘l yo‘qligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk muzokaralar uchun Prezident-otel yoki Mustaqillik saroyini taqdim etishga tayyor. Biroq Belarus bu jarayonda shunchaki vositachi bo‘lishni istamaydi, chunki mamlakatning ham jiddiy manfaatlari bor.
Belarus prezidenti mojaroning yanada keskinlashishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. U Belarus mojaroga bevosita jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilayotganini bildirdi.
Shuningdek, Lukashenko AQSh prezidenti Donald Trampning siyosati qarama-qarshi baholanayotganiga qaramay, uning harakatlari hozircha dunyoni uchinchi jahon urushidan saqlab qolayotganini ta’kidladi.
U mojaro tugaganidan keyin Ukrainani tiklashda Belarus, Rossiya va Ukraina birgalikda ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ham bildirdi.
Minsk xalqaro Yevroosiyo xavfsizligi konferensiyasi
IV Minsk xalqaro Yevroosiyo xavfsizligi konferensiyasi 3–4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 50 ta mamlakatdan 600 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, MDH, KXShT, ShHT, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
Anjumanda mintaqaviy va global xavfsizlik, xalqaro ziddiyatlarni kamaytirish hamda Yevroosiyoda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.