https://oz.sputniknews.uz/20261102/yosh-tadbirkor-imtiyoz-kredit-61672087.html
Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar: yangi qaror bo‘yicha kim qancha mablag‘ olishi mumkin?
Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar: yangi qaror bo‘yicha kim qancha mablag‘ olishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tartibi yangilandi. Hujjatda 5 mlrd so‘mgacha kreditlar, kitob kafelari, ko‘chma do‘konlar, hunarmandchilik ustaxonalari va startaplar uchun moliyaviy yordam shartlari belgilandi.
2026-11-02T12:09+0500
2026-11-02T12:09+0500
2026-11-02T12:09+0500
kredit
tadbirkor
yoshlar
jamiyat
iqtisod
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303677_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_1d412bd0c02496addd7d4c7cbc248d57.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni kreditlash, startap loyihalarini moliyalashtirish va biznesni rivojlantirish uchun ssudalar ajratish tartibi yangilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 598-son qarorida belgilangan.Hujjat bilan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan biznes loyihalarini moliyalashtirish tartibi yangi tahrirda tasdiqlandi.Kreditlar — 5 mlrd so‘mgachaYosh tadbirkorlar uchun kreditlar quyidagi tartibda ajratilishi nazarda tutilgan:Kreditlar 7-yilgacha muddatga, Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori stavkada beriladi. Asosiy qarz bo‘yicha 2-yilgacha, foiz to‘lovlari bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin.Kitob kafelari va ko‘chma do‘konlarga ssudaOyiga 10 mingtadan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlik subyektlariga kitob do‘koni yoki “Book cafe” faoliyatini kengaytirish uchun 1 mlrd so‘mgacha ssuda ajratiladi.Shuningdek, ko‘chma do‘konlarda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlash uchun har bir tuman yoki shaharga jami 500 mln so‘mgacha ssuda ajratish nazarda tutilgan.Ushbu mablag‘lar ham 3-yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan beriladi.Ustaxonalar va startaplarga yordamTexnikumlar va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalarini tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravarigacha foizsiz ssuda ajratiladi. Uni qaytarish muddati 3-yilgacha, imtiyozli davri esa 6 oyni tashkil etadi.Bundan tashqari, xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 20 ming dollardan oshmagan qismi qoplanishi mumkin.Istiqbolli startaplarning dastlabki mahsulot namunasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish xarajatlarining esa 50 foizigacha, ko‘pi bilan 50 ming dollar miqdorida moliyaviy yordam nazarda tutilgan.Olis mahallalarda xorijiy tillarni o‘qitishga ham mablag‘Qarorda olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha foizsiz ssuda ajratish ham belgilangan.Mablag‘lar tegishli talablarga javob bergan va belgilangan tartibda tanlab olingan loyihalarga ajratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260224/yosh-tadbirkorlar-yangi-choralar-55917285.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45303677_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_92dc7dea9f8e6538cea5fb59f48fb556.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kredit, tadbirkor, yoshlar, jamiyat, iqtisod, o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar
kredit, tadbirkor, yoshlar, jamiyat, iqtisod, o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar
Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar: yangi qaror bo‘yicha kim qancha mablag‘ olishi mumkin?
Yoshlar biznesini moliyalashtirish tartibi yangilandi. Kitob kafelariga 1 mlrd so‘mgacha, startap markazlariga esa 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarni kreditlash, startap loyihalarini moliyalashtirish va biznesni rivojlantirish uchun ssudalar ajratish tartibi yangilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 598-son
qarorida belgilangan.
Hujjat bilan Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan biznes loyihalarini moliyalashtirish tartibi yangi tahrirda tasdiqlandi.
Kreditlar — 5 mlrd so‘mgacha
Yosh tadbirkorlar uchun kreditlar quyidagi tartibda ajratilishi nazarda tutilgan:
100 mln so‘mgacha — sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida;
100 mln so‘mdan 500 mln so‘mgacha — tegishli ta’minot asosida;
500 mln so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha — ta’minot asosidagi biznes loyihalariga;
5 mlrd so‘mgacha — qishloq xo‘jaligi kooperativlari loyihalariga.
Kreditlar 7-yilgacha muddatga, Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori stavkada beriladi. Asosiy qarz bo‘yicha 2-yilgacha, foiz to‘lovlari bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davr belgilanishi mumkin.
Kitob kafelari va ko‘chma do‘konlarga ssuda
Oyiga 10 mingtadan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlik subyektlariga kitob do‘koni yoki “Book cafe” faoliyatini kengaytirish uchun 1 mlrd so‘mgacha ssuda ajratiladi.
Mablag‘ 3-yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, Markaziy bank asosiy stavkasining yarmi miqdoridagi foiz stavkasida beriladi.
Shuningdek, ko‘chma do‘konlarda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlash uchun har bir tuman yoki shaharga jami 500 mln so‘mgacha ssuda ajratish nazarda tutilgan.
Ushbu mablag‘lar ham 3-yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan beriladi.
Ustaxonalar va startaplarga yordam
Texnikumlar va nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar ustaxona-laboratoriyalarini tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravarigacha foizsiz ssuda ajratiladi. Uni qaytarish muddati 3-yilgacha, imtiyozli davri esa 6 oyni tashkil etadi.
Startap-studiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya markazlarini tashkil etish uchun esa 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratish belgilangan. Bunday mablag‘lar 5-yilgacha muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
Bundan tashqari, xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 20 ming dollardan oshmagan qismi qoplanishi mumkin.
Istiqbolli startaplarning dastlabki mahsulot namunasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish xarajatlarining esa 50 foizigacha, ko‘pi bilan 50 ming dollar miqdorida moliyaviy yordam nazarda tutilgan.
Olis mahallalarda xorijiy tillarni o‘qitishga ham mablag‘
Qarorda olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini tashkil etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha foizsiz ssuda ajratish ham belgilangan.
Hujjat ilovasida bunday ta’lim xizmatlarini tashkil etish uchun 370 ta mahalla ro‘yxati keltirilgan.
Mablag‘lar tegishli talablarga javob bergan va belgilangan tartibda tanlab olingan loyihalarga ajratiladi.