O‘zbekistonda mobil radarlar oldiga ogohlantiruvchi belgi o‘rnatish talabi bekor qilindi

© UBDD UVD Andijanskoy oblastiRadari na Kamchike
Radari na Kamchike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda mobil radarlar oldiga “Radar” belgisini o‘rnatish majburiy bo‘lmay qoldi. Statsionar radarlar uchun esa talab saqlanib qoldi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mobil radarlar oldiga ogohlantiruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish talabi bekor qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarorida nazarda tutilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, 5.43 — “Radar” yo‘l belgisini o‘rnatish talabi faqat statsionar radarlar uchun majburiy bo‘lib qoldi. Belgi radardan kamida 250 metr va ko‘pi bilan 500 metr oldin joylashtirilishi kerak.
Avvalgi tartibga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qiluvchi barcha turdagi statsionar va mobil radarlar oldiga ogohlantiruvchi belgi o‘rnatish majburiy edi.
Endilikda mobil radarlar uchun bu talab bekor qilingan. Bu esa ular ishlayotgan hududda haydovchilarni yo‘l belgisi orqali oldindan ogohlantirish majburiy emasligini anglatadi.
Shu bilan birga, yangi qarorda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etishga oid boshqa o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan.
Xususan, 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalari buzilganini ham qayd etishi mumkin.
Shuningdek, YPX inspektorlari tomonidan chorrahalargacha 50 metr va qayrilib olish joylarigacha 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yo‘l chiziqlarini bosib harakatlanganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga oid istisno joriy etildi.
Bu qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratib turuvchi chiziqlarni kesib o‘tishga ruxsat berilganini anglatmaydi
Qaror 2026-yil 30-oktabrda kuchga kirgan.
Radari na Kamchike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Xususiy radarlar kamar taqmagan haydovchilarni jarimaga tortishni boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0