OPEK+ dekabrda neft qazib olishni oshirmaydi — bu benzin narxiga qanday ta’sir qiladi?

© Depositphotos / MakhnachDobicha nefti
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
"OPEK+"ning yetti davlati dekabr oyida neft qazib olish kvotalarini oshirmaydi. Ular sentabrda belgilangan darajani saqlab qolishga kelishdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. OPEK+ tarkibidagi yetti davlat dekabr oyida neft qazib olish kvotalarini oshirmaslikka kelishib oldi. Bu haqda tashkilot rasmiy bayonot berdi.
1 noyabr kuni onlayn formatda o‘tkazilgan yig‘ilishda Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, Kuvayt, Qozog‘iston, Jazoir va Ummon vakillari ishtirok etdi.
Ular dekabr oyida neft qazib olish kvotalarini sentabrda belgilangan darajada saqlab qolishga qaror qildi. Bunday cheklov oktabr va noyabr oylarida ham amal qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, OPEK+ sentabr oyida 2023-yilda joriy etilgan sutkalik 1,65 mln barrellik qo‘shimcha cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni yakunlagan. Biroq sutkasiga qariyb 2 mln barrellik boshqa qisqartirishlar 2026-yil oxirigacha saqlanib qolmoqda.
Nega neft qazib olish oshirilmayapti?
Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va neft eksportidagi uzilishlar tufayli Fors ko‘rfazidagi ayrim mamlakatlar amalda belgilangan kvotalardan kam neft qazib chiqarmoqda.
Shu bilan birga, jahon bozorida neft narxi yuqori darajada saqlanmoqda. 30-oktabr kuni Brent markali neftning dekabr fyuchers shartnomasi 2,4 foizga qimmatlashib, bir barrel uchun 117,64 dollarga yetgan.
Bu O‘zbekistonda benzin narxiga qanday ta’sir qiladi?
OPEK+ qarori benzinning darhol qimmatlashishini anglatmaydi. Biroq neft taklifi oshmasligi jahon narxlarining pasayishini cheklovchi omillardan biri bo‘lishi mumkin.
Bu esa O‘zbekistonga import qilinadigan neft va yoqilg‘i narxlariga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bilan birga, mamlakatda benzin narxi xalqaro kotirovkalardan tashqari, import hajmi, valyuta kursi, ichki bozordagi talab va birja savdolariga ham bog‘liq.
OPEK+ davlatlarining keyingi yig‘ilishi 29-noyabrga belgilangan. Unda neft bozoridagi vaziyat va kelgusi yil uchun ishlab chiqarish siyosati muhokama qilinishi kutilmoqda.
Esmines SShA Donald Cook na voyennix ucheniyax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
AQSh va Eron o‘rtasida dengizdagi zarbalar kuchaydi: Brent nefti 100 dollardan oshdi
Yangiliklar lentasi
0