Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida nega yo‘q — Peskov tushuntirdi

© Sputnik / Sergey BobilevDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi kerak, ammo hozirgi pozitsiyasi bunga to‘sqinlik qilmoqda. Kreml sababini tushuntirdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Yevropa davlatlari Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi kerak, biroq ularning hozirgi yondashuvi bilan bu foydasiz. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vesti” axborot xizmatiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hozir biz o‘z davlatlari nomidan muloqot qilishga qaror qilgan ikki yetakchini ko‘rapmiz. Shu bilan birga, qolgan deyarli barcha yetakchilar va eng asosiysi, Bryussel hamon faqat Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish haqida gapirayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bunday yondashuv bilan esa ular bilan muloqot qilib bo‘lmaydi”, — dedi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, Yevropaning faqat ikki yetakchisi — Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store Rossiya bilan bevosita muloqot qilishga qaror qilgan.
Yevropa vakillarining keyingi bosqichlarda muzokaralarga qo‘shilishi istisno etilmayapti.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, dastlabki uchrashuvlar Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama formatda o‘tkazilishi kerak.
“Keyinchalik boshqa muzokaralar stoli ham topilishi mumkin. Ammo ishni aynan shu tarzda boshlash kerak, chunki biz amerikaliklar bilan ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz”, — dedi u.
Ushakov, shuningdek, Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga telefon qilsa, u javob berishi mumkinligini bildirdi.
“O‘ylaymanki, albatta javob beradi. Putin hech qachon suhbatlardan bosh tortmagan”, — dedi u.
Rossiya prezidenti yordamchisi Zelenskiy turli kanallar orqali Putin bilan muloqot qilish istagini bildirayotganini ta’kidlab, uni Moskvaga kelishga ham taklif qildi.
Avvalroq Rossiya va AQSh Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tinchlik muzokaralari sanasini kelishishga kirishgan edi.
Uchrashuv noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, biroq uning aniq sanasi hozircha tasdiqlanmagan.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Peskov: Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muloqotlarga ochiq
Yangiliklar lentasi
0