Yevropada ommaviy noroziliklar: qimmatchilik, uy-joy va Falastin masalasi

© AP Photo / Jean-Francois BadiasV stranax Yevropi proshli massovie aksii protesta
V stranax Yevropi proshli massovie aksii protesta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2026
Obuna bo‘lish
Yevropaning kamida to‘qqiz mamlakatida norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Qimmatchilik, uy-joy muammosi, harbiy xarajatlar va Falastin masalasi namoyishchilarning asosiy talablari orasida.
TOShKENT, 1 NOYa — Sputnik. Yevropaning qator davlatlarida 30–31 oktabr kunlari ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. RIA Novosti xabarlariga ko‘ra, aksiyalar Fransiya, Italiya, Germaniya, Portugaliya va boshqa mamlakatlarni qamrab oldi.
Faqat Fransiya va Italiyaning o‘zida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 575 ming kishi ko‘chaga chiqqan. Ayrim shaharlarda namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan.
Fransiyada 31-oktabr kuni ketma-ket uchinchi hafta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 320 ming kishi, jumladan, Parijda 70 ming kishi ishtirok etgan. Tashkilotchilar mamlakat bo‘yicha qatnashchilar sonini 500 mingga yaqin deb baholamoqda.
Namoyishchilar yashash xarajatlarining oshishi, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilar yetishmasligi va ijtimoiy sohadagi muammolardan norozi. Ayrim shaharlarda tartibsizliklar yuz berib, 560 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Italiyada 30-oktabr kuni 60 dan ortiq shaharda norozilik aksiyalari va umummilliy ish tashlash o‘tkazildi. IIV 255 ming ishtirokchini qayd etgan, tashkilotchilar esa 1–1,5 million kishini tilga olmoqda.
Namoyishchilar oziq-ovqat, yoqilg‘i va uy-joy narxlarining oshishi, ish haqining pastligi hamda harbiy xarajatlarning ko‘payishiga qarshi chiqdi. Aksiyalarda talabalar, ishchilar, fermerlar va kasaba uyushmalari ishtirok etdi.
Germaniyada 31-oktabr kuni 34 shaharda yoshlar norozilik aksiyalarini o‘tkazdi. Ular ta’lim va tibbiyotga ko‘proq mablag‘ ajratish, yashash xarajatlarini kamaytirish hamda majburiy harbiy xizmatga qarshi chiqdi.
Berlin va Shtutgartda ayrim ishtirokchilar fashizmga qarshi shiorlar bilan ham namoyishga chiqqan. Frankfurt va boshqa shaharlarda tartibsizliklar qayd etilgan.
Portugaliyada minglab kishi hukumatning yangi uy-joy qonuni loyihasiga norozilik bildirdi. Hujjat ijarachilarni uydan chiqarishni osonlashtirishi va yangi ijara shartnomalarida narx cheklovlarini bekor qilishi mumkin. Mamlakatda 2017-yildan buyon uy-joy narxlari ikki baravardan ko‘proq oshgan.
Buyuk Britaniyada London va Edinburgda taqiqlangan Palestine Action tashkilotini qo‘llab-quvvatlash aksiyalari o‘tkazildi. Londonda 139 kishi qo‘lga olingan.
Shveysariyaning Surix shahrida 31-oktabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi yuzlab kishi ishtirokidagi yig‘ilish tartibsizliklarga aylandi. Politsiyaga tosh va pirotexnika vositalari otilgan, to‘siqlarga o‘t qo‘yilgan.
Niderlandiyaning Gaaga shahrida ham yoshlar bilan bog‘liq tartibsizliklar qayd etilib, 34 kishi qo‘lga olingan. Avstriyaning Vena shahrida yuzga yaqin kishi ishtirokida tinch aksiya o‘tkazilgan.
Albaniya poytaxti Tiranada esa talabalar ta’lim sohasidagi muammolar va hukumat siyosatiga norozilik bildirib, bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini talab qilgan. Namoyish politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan.
Yevropa mamlakatlaridagi aksiyalar turli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan va ularning talablari bir-biridan farq qiladi. Biroq ko‘plab namoyishlarda yashash qimmatlashishi, uy-joy yetishmasligi va ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Aksii protesta v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2026
Parijda norozilik namoyishlari tufayli 20 dan ortiq metro bekati yopildi
Yangiliklar lentasi
0