Belarus O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
17:38 31.10.2026 (yangilandi: 17:41 31.10.2026)

© informatsionnoe agentstvo "Belta"
Obuna bo‘lish
Yangi qonunda O‘zbekiston ishchilarini Belarus hududida vaqtinchalik ishga joylashtirish tartibi belgilangan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Belarus parlamenti O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik ishga yollash to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqida BELTA axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Ushbu kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil iyul oyida Belarusga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Kelishuvning asosiy maqsadi — O‘zbekiston fuqarolarini Belarusda qonuniy, xavfsiz va tartibli ishga yollash uchun huquqiy asos yaratish.
Belarus Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Andrey Lobovich aytishiga ko‘ra, yangi qonun loyihasi Belarus uchun foydali bo‘ladi. Chunki hozir mamlakat ichki mehnat resurslardan yuqori darajada foydalanmoqda: ishsizlik 1,9% bandlik darajasi esa 85,3%ni tashkil qilmoqda. Iqtisodiyotda kadrlarga qo‘shimcha talab ham mavjud, kamida 130 000 ta bo‘sh ish o‘rinlarini ro‘yxatga olingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishga jalb qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchisi bosqich O‘zbekistonda — Belarus ish beruvchisi bilan shartnoma asosida, O‘zbekiston Migratsiya agentligi nomzodlarni malaka, tajriba va boshqa mezonlarni hisobga olgan holda tanlaydi va ularni ish beruvchi bilan muvofiqlashtiradi. Shuningdek, agentlik nomzodlarni ketishdan oldin tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Nomzodlarga ish sharoitlari Belarus urf-odatlari va an’analari tushuntiriladi.
Shuningdek, nomzodlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar va O‘zbekistondan chiqish va Belarusga kirishda cheklovlar bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Shuningdek, nomzodlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar va O‘zbekistondan chiqish va Belarusga kirishda cheklovlar bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Ikkinchi bosqich - Belarusda qonuniylashtirish va ishga joylashish. Ish beruvchi yangi xodimlarni dastlabki migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazadi va boshqa kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi. Shundan so‘ng, tomonlar mehnat shartnomasini imzolaydilar va xodimlar rasman ish boshlaydilar.
Andrey Lobovichning ta’kidlashicha, migrant ishchilar uchun ijtimoiy ta’minot, mehnat sharoitlari, ish haqi va mehnatni muhofaza qilish, soliqqa tortish va tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq barcha masalalar Belarus milliy qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
Bundan tashqari, kelishuvda ushbu hujjatni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ikki mamlakatning vakolatli organlari va shunga mos ravishda ularning funksiyalari belgilangan.
