https://oz.sputniknews.uz/20261030/toqaev-rossiya-turkiy-davlatlar-tashkiloti-61625752.html
Toqayev Rossiyani TDTga kuzatuvchi sifatida kiritishni taklif qildi
Toqayev Rossiyani TDTga kuzatuvchi sifatida kiritishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyaga “Turkiy davlatlar tashkiloti +” (TDT) formatiga qo‘shilish yoki tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. TDT tarkibiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar - Vengriya, Turkmaniston va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi.
2026-10-30T15:37+0500
2026-10-30T15:37+0500
2026-10-30T15:47+0500
qozog‘iston
siyosat
markaziy osiyo
qasim-jomart toqayev
rossiya
turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1e/61625195_0:32:1280:752_1920x0_80_0_0_1128eb945ea58b190b4eda8c68c918b5.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyaga “Turkiy davlatlar tashkiloti +” (TDT) formatiga qo‘shilish yoki tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda u Anqarada bo‘lib o‘tgan TDT davlat rahbarlarining 13-sammitida ma’lum qildi.Qozog‘iston yetakchisi Rossiya ko‘p asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqada bo‘lib kelganini, uning hududida ko‘plab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qilishini ta’kidladi.Toqayev Qozog‘iston qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiyaning “Oltoy - turkiy sivilizatsiya beshigi” loyihasiga e’tibor qaratdi.Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va til aloqalarini qayd etib, rus tilida turkiy so‘zlar ko‘pligini ta’kidladi.Toqayevning fikricha, Rossiyaning tashkilot faoliyatida ishtirok etishi TDTga a’zo barcha davlatlarga foyda keltirishi mumkin.TDT tarkibiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar - Vengriya, Turkmaniston va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi.
https://oz.sputniknews.uz/20261029/mirziyoev-sammit-ankara-61605885.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1e/61625195_118:0:1162:783_1920x0_80_0_0_01f30fa0ef6fe4818b3424b7ba707de6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, siyosat, markaziy osiyo, qasim-jomart toqayev, rossiya, turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
qozog‘iston, siyosat, markaziy osiyo, qasim-jomart toqayev, rossiya, turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
Toqayev Rossiyani TDTga kuzatuvchi sifatida kiritishni taklif qildi
15:37 30.10.2026 (yangilandi: 15:47 30.10.2026) Qozog‘iston prezidentining fikricha, bu adolatli bo‘ladi va birlashmaning nufuzini oshiradi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyaga “Turkiy davlatlar tashkiloti +” (TDT) formatiga qo‘shilish yoki tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda u Anqarada bo‘lib o‘tgan TDT davlat rahbarlarining 13-sammitida ma’lum qildi.
“Tashkilotimiz nufuzini oshirish maqsadida Rossiyaning ushbu formatga qo‘shilish yoki TDT faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish niyatini ijobiy baholash to‘g‘ri va adolatli bo‘lardi”, - dedi Toqayev. Uning so‘zlaridan Sputnik Qozog‘iston iqtibos keltirdi.
Qozog‘iston yetakchisi Rossiya ko‘p asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqada bo‘lib kelganini, uning hududida ko‘plab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qilishini ta’kidladi.
Toqayev Qozog‘iston qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiyaning “Oltoy - turkiy sivilizatsiya beshigi” loyihasiga e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va til aloqalarini qayd etib, rus tilida turkiy so‘zlar ko‘pligini ta’kidladi.
Toqayevning fikricha, Rossiyaning tashkilot faoliyatida ishtirok etishi TDTga a’zo barcha davlatlarga foyda keltirishi mumkin.
TDT tarkibiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar - Vengriya, Turkmaniston va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi.