https://oz.sputniknews.uz/20261030/ozbekiston-turkiya-61610526.html
O‘zbekiston va Turkiya Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash ta’sis etadi
O‘zbekiston va Turkiya Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash ta’sis etadi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, savdo va ijtimoiy ta’minot sohalariga oid ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi. 30.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-30T09:21+0500
2026-10-30T09:21+0500
2026-10-30T09:21+0500
iqtisod
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
biznes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1e/61609711_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_9d59d184fb8265925bc3f299bfbde1df.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bundan tashqari, ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.Xususan:Qayd etilishicha, imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.Eslatamiz, O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyada bo‘lib turibdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261029/mirziyoev-sammit-ankara-61605885.html
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1e/61609711_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_20bb44d88fe16faf653f38630e32980c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, biznes
iqtisod, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, biznes
O‘zbekiston va Turkiya Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash ta’sis etadi
Shuningdek, savdo va ijtimoiy ta’minot sohalariga oid ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashni ta’sis etish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Bundan tashqari, ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.
Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnoma;
Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy bitim;
2022 yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qo‘shimcha bayonnoma.
Qayd etilishicha, imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.
Eslatamiz, O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyada bo‘lib turibdi.