O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9 oyda 65,4 mlrd dollarga yetdi

Obuna bo‘lish
Import 5,36 mlrd dollarga o‘sgan, eksport esa 1,49 mlrd dollarga kamaygan. Oltinsiz tovarlar eksporti esa 31,6 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 65,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 6,3 foizga ko‘p.
Biroq o‘sish asosan import hisobiga ta’minlandi. U o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,36 mlrd dollarga oshib, 39,6 mlrd dollarga yetdi. Eksport esa 1,49 mlrd dollarga kamayib, 25,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Natijada tashqi savdodagi manfiy saldo 13,7 mlrd dollarga yetdi.
Shu bilan birga, oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,6 foizga o‘sib, 13,3 mlrd dollarni tashkil qildi.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0