O‘zbekistonda benzin va dizel ishlab chiqarish oshdi — 9 oylik natijalar

Obuna bo‘lish
Yanvar–sentabrda benzin ishlab chiqarish 2,6 foizga, dizel yoqilg‘isi 11,7 foizga o‘sdi. Sentabrdagi hajm ham hisoblab chiqildi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 913,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 foizga ko‘p, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Hisobot davrida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 11,7 foizga o‘sib, 979 ming tonnaga yetdi.
Statistik ma’lumotlar asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, sentabr oyining o‘zida 101,9 ming tonna benzin va 144,7 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0