Raqobat qo‘mitasi "Uklon" kompaniyasini ustun mavqega ega taksi agregatori deb topdi

© Sputnik / Sgenerirovano IIIzobrajenie sgenerirovano II
Izobrajenie sgenerirovano II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Obuna bo‘lish
Endi kompaniya faoliyati muntazam monitoring qilinadi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. “Uklon UB” MChJ XK taksi agregatorlari xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, tegishli qaror yo‘lovchilarni tashish uchun buyurtmalarni qabul qilish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik xizmatlari bozoriga taalluqli.
Endilikda kompaniya faoliyatida majburiy tartibda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ustun mavqeni suiiste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi kompaniya faoliyatini belgilangan tartibda monitoring qilib boradi.
Ta’kidlash joizki, ustun mavqega ega deb e’tirof etilish kompaniya tomonidan qonunbuzarlik sodir etilganini anglatmaydi.
Avvalroq 2024-yilda Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MChJni ham mazkur xizmatlar bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 15-oktabrda Raqobat qo‘mitasi taksi agregatorlarining xizmat narxlari va insofsiz raqobat alomatlari yuzasidan o‘rganish boshlagan edi.
Bunga ayrim yirik agregatorlar faoliyatidagi texnik nosozliklar fonida boshqa platformalarda ham tig‘iz vaqtlarda taksi narxlari bir necha barobargacha qimmatlashgani sabab bo‘lgan.
Agar o‘rganish davomida raqobat qonunchiligi yoki iste’molchilar huquqlari buzilgani aniqlansa, belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazilishi va tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.
Vingroup planiruyet postroit v Tashkente krupniy gradostroitelniy kompleks Vietnam Town - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
OAV: Vyetnam kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0