O‘zbekistonda 4-yilda o‘rtacha oylik qariyb 2 baravar oshdi — qaysi sohada maosh eng yuqori?

Obuna bo‘lish
O‘rtacha oylik bank-moliya sohasida 19,71 mln, sog‘liqni saqlashda esa 4,45 mln so‘m. O‘zbekiston bo‘yicha ko‘rsatkich 7,24 mln so‘m.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7,24 mln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ko‘p. 2022-yilga nisbatan esa ko‘rsatkich 1,95 baravar oshgan.
Sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik xizmatlarida qayd etildi — 19,71 mln so‘m (yillik o‘sish — 17,8 foiz). Keyingi o‘rinda axborot va aloqa sohasi — 17 mln so‘m (13 foiz).
Eng past ko‘rsatkichlar esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida (4,45 mln so‘m) hamda ta’limda (5 mln so‘m) kuzatildi.
Shunga qaramay, aynan ushbu sohalarda ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi. Xususan, ta’limda o‘rtacha oylik 19,6 foizga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 18,2 foizga oshdi.
Qaysi sohada qancha ish haqi hisoblanmoqda? Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0