https://oz.sputniknews.uz/20261028/uzbekistan-boks-jahon-chempionat-orin-61546813.html
O‘zbekistonlik yosh bokschilar JChda birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik yosh bokschilar JChda birinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Chernogoriyada o‘tgan boks bo‘yicha U19 jahon chempionatida O‘zbekiston yigitlar terma jamoasi medallar hisobida yetakchi bo‘ldi. Qizlar beshinchi, terma jamoa esa umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz jami 8 ta medal oldi.
2026-10-28T09:16+0500
2026-10-28T09:16+0500
2026-10-28T10:17+0500
sport
boks
jahon chempionati
chempion
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61546424_0:299:2540:1728_1920x0_80_0_0_377a5b8f90792ee93a934865b9291f39.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jahon birinchiligida yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya (2 ta oltin, 2 ta kumush), uchinchi o‘rinni esa Irlandiya (1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza) egalladi.Sardorbek Bahromxo‘jayev (85 kg) kumush, Zulfiqor Adhamjonov (70 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan beshinchi o‘rinni egalladi.Nazokat Mardonova (51 kg) jahon chempioni bo‘ldi. Maftuna Yangiyeva (70 kg) kumush, Muxtasar Aliyeva (48 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 8 ta medal bilan yakunladi. Mamlakat umumiy medallar hisobida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.16–27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 69 ta milliy federatsiyadan 474 nafar bokschi ishtirok etdi. Musobaqada 20 ta vazn toifasida medallar uchun bahslar o‘tkazildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260815/ozbekistonlik-bokschilar-rossiyada-muvaffaqiyat-qozondi-59721317.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61546424_0:61:2540:1966_1920x0_80_0_0_b3f559ef066446fd02cf90dc8fc28f8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, boks, jahon chempionati, chempion, o‘zbekiston
sport, boks, jahon chempionati, chempion, o‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh bokschilar JChda birinchi o‘rinni egalladi
09:16 28.10.2026 (yangilandi: 10:17 28.10.2026) O‘zbekiston yosh bokschilari Budvadagi jahon chempionatida yigitlar o‘rtasida birinchi, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi
ma’lum qildi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, jahon birinchiligida yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Rossiya (2 ta oltin, 2 ta kumush), uchinchi o‘rinni esa Irlandiya (1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza) egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasidan Suhrob Rahmatullayev (75 kg), Asadbek Sultonboyev (90 kg) va Islom Salixov (+90 kg) jahon chempioni bo‘ldi.
Sardorbek Bahromxo‘jayev (85 kg) kumush, Zulfiqor Adhamjonov (70 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan beshinchi o‘rinni egalladi.
Nazokat Mardonova (51 kg) jahon chempioni bo‘ldi. Maftuna Yangiyeva (70 kg) kumush, Muxtasar Aliyeva (48 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasidagi umumjamoa hisobida Rossiya birinchi, AQSh ikkinchi va Xitoy uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza — jami 8 ta medal bilan yakunladi. Mamlakat umumiy medallar hisobida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
16–27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 69 ta milliy federatsiyadan 474 nafar bokschi ishtirok etdi. Musobaqada 20 ta vazn toifasida medallar uchun bahslar o‘tkazildi.