Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh, Polsha va endi Koreya: Zelenskiy Ukrainaga yordam qilgan yana kimlar bilan kelisholmayapti

© AP Photo / Efrem LukatskyVladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2026
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya prezidenti Zelenskiy ma’muriyati uni "yolg‘onchiga chiqargani"ni bildirdi. Seul Kiyevdan diplomatlarini chaqirib oldi. AQSh va Polsha bilan ham ziddiyatlar bor.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Janubiy Koreya Ukrainadagi elchisi va sakkiz nafar diplomatik xodimini chaqirib oldi. Bunga Kiyev bilan ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirning Janubiy Koreyaga topshirilishi yuzasidan kelib chiqqan mojaro sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mojaro Zelenskiyning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asir Janubiy Koreyaga topshirilganini oshkor qilishidan boshlangan. Seul tomonlar mazkur ma’lumotni sir saqlashga kelishganini bildirdi. Biroq Zelenskiy ma’muriyati bunday kelishuv bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Bu Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Monning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
"Biz o‘z noroziligimizni imkon qadar muloyim tarzda bildirdik, ammo ular hech qanday kelishuv bo‘lmaganini aytib, boshqa davlat rahbarini yolg‘onchiga chiqarishdi", — dedi Li Chje Mon 2-oktabrda.
U Ukraina bu holatni tan olmasa va rasman uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini ogohlantirdi.
8 oktabrda Seul Kiyevdagi elchisini chaqirib olishga qaror qildi. 27-oktabrda esa tashqi ishlar vaziri Cho Xon Ukrainadan yana sakkiz nafar diplomatik xodim chaqirib olinganini bildirdi.
Vazir vaziyat yanada keskinlashsa, ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar uzilishi ham mumkinligini istisno etmadi.
AQSh va Polsha bilan kelishmovchiliklar
Oktabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni to‘xtatishni talab qildi. Zelenskiy esa bunday harakatlar Rossiyaning Ukraina energetika obyektlariga hujumlari to‘xtatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini bildirdi.
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib, Ukrainaga yangi prezident kerakligi haqida ham bayonot berdi. Vashingtonning Rossiya yonilg‘isiga nisbatan ayrim sanksiyalarni vaqtincha yumshatishi ham Kiyevning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Polsha bilan munosabatlardagi ziddiyat esa tarixiy masalalar tufayli yuzaga keldi. Joriy yil iyunda prezident Karol Navroskiy Zelenskiyni Polshaning oliy davlat mukofoti — Oq burgut ordenidan mahrum qildi.
Bunga Zelenskiyning Ukraina harbiy bo‘linmalaridan biriga "Ukraina isonchilari armiyasi* qahramonlari" nomini berishi sabab bo‘lgan. Polshada ushbu tashkilot Ikkinchi jahon urushi davrida polyak tinch aholisiga qarshi ommaviy qatliomlar uchun javobgar deb hisoblanadi.
Boshqa mamlakatlar qanday qarorlar qabul qildi?
Chexiya. Bosh vazir Andrey Babish hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratishni to‘xtatdi. Praga NATOning 70 milliard yevrolik yordam dasturida ham moliyaviy ishtirok etmasligini bildirdi. Biroq Chexiya boshqa davlatlar mablag‘i hisobidan artilleriya snaradlarini yetkazib berish tashabbusini muvofiqlashtirishda davom etmoqda.
Slovakiya. Robert Fitso hukumati 2023-yildayoq Ukrainaga davlat zaxiralaridan qurol yetkazib berishni to‘xtatgan. Bratislava Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtiruvchi Yevropa dasturlarida ham ishtirok etmasligini bildirgan. Shu yil oktabrda Slovakiya Rossiya bilan hukumatlararo iqtisodiy maslahatlashuvlarni qayta tiklashga qaror qildi.
Bolgariya. Joriy yil iyunida bosh vazir Rumen Radev hukumati Ukrainaga armiya zaxiralaridan qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. Sofiya bunga mavjud zaxiralarning kamayganini sabab qilib ko‘rsatdi. Biroq harbiy texnikalarni ta’mirlash kabi hamkorlik imkoniyatlari saqlanib qolgan.
Vengriya. Viktor Orban hukumati davrida Budapesht va Kiyev o‘rtasida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi, Rossiya nefti tranziti va sanksiyalar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar bo‘lgan. Aprelda hokimiyatga kelgan Peter Madyar munosabatlarni yaxshilashga kirishdi, biroq Vengriya Ukrainaga qurol bermasligi va o‘z hududi orqali qurol tranzitiga ruxsat etmasligi haqida bildirdi.
Gruziya. Tbilisi va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaslik va boshqa siyosiy kelishmovchiliklar tufayli yomonlashgan. Tomonlar diplomatlarni chaqirib olish va mamlakatdan chiqarib yuborish choralarini qo‘llagan. 2026-yilda esa ikki mamlakat hukumatlari munosabatlarni qayta tiklash masalasini muhokama qildi.
*Rossiyada terroristik deb topilgan va taqiqlangan
Flag Respubliki Koreya v Seule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2026
Janubiy Koreya Ukrainadagi elchisini chaqirib oldi
Yangiliklar lentasi
0