Toshkentda Qashqadaryodan 2,5 baravar ko‘p: hududlar bo‘yicha o‘rtacha maoshlar ochiqlandi

Obuna bo‘lish
O‘rtacha oylik ish haqi 7,274 mln so‘mga yetdi. Hududlar kesimida eng yuqori va eng past maoshlar o‘rtasidagi farq 2,5 baravarni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7,274 mln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 12,3 mln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 8,82 mln so‘m va Toshkent viloyati — 6,9 mln so‘m.
Eng past o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, 4,97 mln so‘mni tashkil qildi.
Shu tariqa, Toshkent shahridagi o‘rtacha oylik Qashqadaryo viloyatidagi ko‘rsatkichdan qariyb 2,5 baravar yuqori.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0