Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK Yevropa biznesi bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

© Press-slujba YeEK Daniyar Imanaliyev i Tadzio Shilling obsudili sotrudnichestvo YeEK i AYeB
Daniyar Imanaliyev i Tadzio Shilling obsudili sotrudnichestvo YeEK i AYeB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2026
Obuna bo‘lish
YeIK va 380 tadan ortiq kompaniyani birlashtirgan Yevropa biznesi assotsiatsiyasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Yevropa biznesi assotsiatsiyasi (YeBA) o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
27 oktabr kuni YeIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Daniyar Imanaliyev Yevropa biznesi assotsiatsiyasi bosh direktori Tadzio Shilling bilan uchrashdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish shakllarini ko‘rib chiqdi.
Imanaliyev YeIK yevropalik tadbirkorlar bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, komissiya xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish va biznes uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda.
Uchrashuvda 2026-yil may oyida Rimda o‘tkazilgan YeOIIning xorijiy biznes uchun imkoniyatlariga bag‘ishlangan konferensiya hamkorlikning ijobiy namunasi sifatida qayd etildi.
Shuningdek, YeIK ko‘magida 2023–2026 yillarda Rossiyadagi Belgiya-Lyuksemburg savdo palatasiga a’zo kompaniyalarning Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ishbilarmonlik tashriflari tashkil etilgani ta’kidlandi.
Imanaliyev YeBA vakillarini 2027-yil may oyida Bishkekda o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumiga taklif qildi.
O‘z navbatida, Shilling YeIK vazirini joriy yil noyabr oyida o‘tkaziladigan Yevropa biznesi assotsiatsiyasining birinchi Yevroosiyo konferensiyasiga taklif etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun: Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar manfaatlarini ifodalaydi va 380 tadan ortiq kompaniyani birlashtiradi.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Konteynerovoz Fesco Diomid pribil v port Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ASEAN dengiz yuk tashuvlari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0