https://oz.sputniknews.uz/20261027/uchtepa-yongin-61527207.html
Ayol vafot etgan Uchtepadagi yong‘inda qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlandi — Bosh prokuratura
Ayol vafot etgan Uchtepadagi yong‘inda qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlandi — Bosh prokuratura
Sputnik O‘zbekiston
Uchtepada ayol vafot etgan yong‘in joyida qasddan o‘t qo‘yish alomatlari va uchta alohida yong‘in o‘chog‘i aniqlandi. Bosh prokuratura Sputnik’ga hodisa yuzasidan qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan ish ochilganini bildirdi.
2026-10-27T12:04+0500
2026-10-27T12:04+0500
2026-10-27T12:06+0500
jinoyat
yong‘in
jamiyat
bosh prokuratura
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_68:65:1233:720_1920x0_80_0_0_9ceccb2ae8c272f9dc8b8e509c609016.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ayol vafot etgan yong‘in joyida qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 24-oktabr kuni soat 02:00 larda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in joyida ushbu xonadonda yashab kelgan 2000-yil 30-mayda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan. Marhumaning tanasida yelka sohasidan son qismigacha kuyish jarohatlari aniqlangan.Mazkur holat yuzasidan 24-oktabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochdi. Avvalroq Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi yong‘in Uchtepa tumanidagi Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan turar joy majmuasida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.Yong‘in haqidagi xabar qutqaruv xizmatiga 24-oktabr kuni soat 01:33 da kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari olovni soat 01:52 da o‘chirgan. Yong‘in oqibatida xonadondagi uy jihozlariga zarar yetgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260226/kokand-yongin-kishi-vafot-55956474.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_154:0:1114:720_1920x0_80_0_0_b2cf5e420fc51e93c5d41a477a4ab299.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jinoyat, yong‘in, jamiyat, bosh prokuratura, toshkent
jinoyat, yong‘in, jamiyat, bosh prokuratura, toshkent
Ayol vafot etgan Uchtepadagi yong‘inda qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlandi — Bosh prokuratura
12:04 27.10.2026 (yangilandi: 12:06 27.10.2026) Uchtepada ayol vafot etgan yong‘in joyida uchta alohida o‘choq va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlandi. Qotillik bo‘yicha ish ochildi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ayol vafot etgan yong‘in joyida qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 24-oktabr kuni soat 02:00 larda xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘in joyida ushbu xonadonda yashab kelgan 2000-yil 30-mayda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan. Marhumaning tanasida yelka sohasidan son qismigacha kuyish jarohatlari aniqlangan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida oshxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta yong‘in o‘chog‘i, shuningdek, qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 24-oktabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ochdi.
Avvalroq Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi yong‘in Uchtepa tumanidagi Yusuf Sakkokiy ko‘chasida joylashgan turar joy majmuasida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Yong‘in haqidagi xabar qutqaruv xizmatiga 24-oktabr kuni soat 01:33 da kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari olovni soat 01:52 da o‘chirgan. Yong‘in oqibatida xonadondagi uy jihozlariga zarar yetgan.