https://oz.sputniknews.uz/20261027/noyabr-ozgarishlar-61524180.html
Gaz limiti, pensiya va SMS-reklamaga cheklov: 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
Gaz limiti, pensiya va SMS-reklamaga cheklov: 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-noyabrdan gaz iste’molining bazaviy meyori oshadi, reklamalarga cheklovlar, pensiya va bojxonada yangi tartiblar joriy etiladi. Biznes uchun energiya to‘lovlari kamayadi, banklar va rieltorlarga talablar kuchayadi.
2026-10-27T10:41+0500
2026-10-27T10:41+0500
2026-10-27T10:56+0500
gaz
jamiyat
nimalar o‘zgaradi
bank
elektr energiyasi
tadbirkor
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61523965_0:176:1448:991_1920x0_80_0_0_4535bb11b06b873abc3ffb7e1d2d874c.png
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan aholi, tadbirkorlar va xorijga safar qiluvchilarga taalluqli qator yangi tartiblar amal qila boshlaydi. Sputnik asosiy o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.Tabiiy gaz meyori oshadiQoraqalpog‘iston va Xorazmdan tashqari hududlarda tabiiy gaz iste’molining oylik bazaviy meyori 100 kub metrdan 500 kub metrga oshadi. Qishki meyor noyabr–fevral oylarida amal qiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa u 1-oktabrdan joriy etilgan.Shuningdek, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda yangi tizim ishga tushadi. Gazni birjaning alohida savdo maydonchasidan xarid qilish va yetkazib berish bilan "LPG-Trade" kompaniyasi shug‘ullanadi.Reklama qo‘ng‘iroqlari va SMSlarga cheklovKompaniyalar fuqarolarning yozma yoki elektron roziligisiz reklama xabarlarini yubora olmaydi. Soat 18:00 dan 09:00 gacha mobil aloqa orqali reklama tarqatish taqiqlanadi.Mobil operatorlar abonent talabiga ko‘ra reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini to‘liq yoki qisman bloklashi shart.Ayrim pensiyalar arizasiz tayinlanadiKorxona tugatilgani yoki ish hajmi qisqargani sabab ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga belgilangan yoshdan ikki yil avval pensiya tayinlash proaktiv shaklga o‘tadi. Buning uchun alohida ariza talab qilinmaydi.Zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlagan fuqarolar imtiyozli pensiya uchun davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi tartibReabilitatsiyaning ayrim texnik vositalarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘lar ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi. Bu fuqarolarga zarur vositalarni belgilangan tartibda sotib olish imkonini beradi.Xorijdan keladigan jo‘natmalar arzonroq rasmiylashtiriladiXalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish yig‘imi 20 foizga kamayadi — har bir kilogramm uchun 8 800 so‘mdan 7 040 so‘mga.Masalan, 5 kilogrammlik jo‘natma uchun yig‘im 44 ming so‘m o‘rniga 35,2 ming so‘mni tashkil etadi. Bu bojsiz olib kirish limitidan oshgan tovarlarga qo‘llanadigan to‘lovlardan alohida hisoblanadi.Tadbirkorlar uchun energiya to‘lovlari kamayadiAvtomatlashtirilgan hisob tizimi va masofadan boshqariladigan hisoblagichlarga ega korxonalarning elektr energiyasi va gaz uchun oylik oldindan to‘lovi 100 foizdan 15 foizga tushadi.Oxirgi ikki oyda to‘lov intizomini buzganlarga bu yengillik tatbiq etilmaydi. Energiya sarfi bo‘yicha yozma hisobotlar bekor qilinib, shartnomalar elektron shaklga o‘tkaziladi.Issiqxonalarga subsidiya beriladiEnergiya tejovchi qoplamalar yoki ekologik toza isitish texnologiyalaridan foydalanadigan issiqxonalarga oktabr–mart oylarida iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi qoplab beriladi. Dastur 2030-yil 1-aprelgacha amal qiladi.Patrullar endi xonadonlardagi hodisalarga ham chiqadi1 noyabrdan patrul-post va qo‘riqlash xizmati xodimlari 112 orqali kelib tushgan xabarlar asosida nafaqat jamoat joylari, balki xonadonlarda sodir bo‘lgan jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi.Patrullar yo‘nalishi mahallalarning ichki ko‘chalarini ham qamrab oladi. Sutka davomida ishlaydigan gastronomik ko‘chalarda jamoat tartibini saqlash patrul-post xizmatiga yuklatiladi.Ommaviy tadbirlarda tartibni buzgan shaxslarning keyingi tadbirlarga kirishi vaqtincha cheklanadi.Noyabrning keyingi kunlarida
https://oz.sputniknews.uz/20260827/sentyabr-uzbekistan-ozgarishlar-59990888.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1b/61523965_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_5993a860ecf2f1e865e3d60fd748412e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gaz, jamiyat, nimalar o‘zgaradi, bank, elektr energiyasi, tadbirkor, o‘zbekiston
gaz, jamiyat, nimalar o‘zgaradi, bank, elektr energiyasi, tadbirkor, o‘zbekiston
Gaz limiti, pensiya va SMS-reklamaga cheklov: 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi
10:41 27.10.2026 (yangilandi: 10:56 27.10.2026) 1 noyabrdan gaz meyori oshadi, roziliksiz reklama qo‘ng‘iroqlari va SMSlar taqiqlanadi, ayrim pensiyalar arizasiz tayinlanadi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan aholi, tadbirkorlar va xorijga safar qiluvchilarga taalluqli qator yangi tartiblar amal qila boshlaydi.
Sputnik asosiy o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan tashqari hududlarda tabiiy gaz iste’molining oylik bazaviy meyori 100 kub metrdan 500 kub metrga oshadi. Qishki meyor noyabr–fevral oylarida amal qiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa u 1-oktabrdan joriy etilgan.
Shuningdek, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda yangi tizim ishga tushadi. Gazni birjaning alohida savdo maydonchasidan xarid qilish va yetkazib berish bilan "LPG-Trade" kompaniyasi shug‘ullanadi.
Reklama qo‘ng‘iroqlari va SMSlarga cheklov
Kompaniyalar fuqarolarning yozma yoki elektron roziligisiz reklama xabarlarini yubora olmaydi. Soat 18:00 dan 09:00 gacha mobil aloqa orqali reklama tarqatish taqiqlanadi.
Mobil operatorlar abonent talabiga ko‘ra reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini to‘liq yoki qisman bloklashi shart.
Ayrim pensiyalar arizasiz tayinlanadi
Korxona tugatilgani yoki ish hajmi qisqargani sabab ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga belgilangan yoshdan ikki yil avval pensiya tayinlash proaktiv shaklga o‘tadi. Buning uchun alohida ariza talab qilinmaydi.
Zararli va og‘ir mehnat sharoitida ishlagan fuqarolar imtiyozli pensiya uchun davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi tartib
Reabilitatsiyaning ayrim texnik vositalarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘lar ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi. Bu fuqarolarga zarur vositalarni belgilangan tartibda sotib olish imkonini beradi.
Xorijdan keladigan jo‘natmalar arzonroq rasmiylashtiriladi
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish yig‘imi 20 foizga kamayadi — har bir kilogramm uchun 8 800 so‘mdan 7 040 so‘mga.
Masalan, 5 kilogrammlik jo‘natma uchun yig‘im 44 ming so‘m o‘rniga 35,2 ming so‘mni tashkil etadi. Bu bojsiz olib kirish limitidan oshgan tovarlarga qo‘llanadigan to‘lovlardan alohida hisoblanadi.
Tadbirkorlar uchun energiya to‘lovlari kamayadi
Avtomatlashtirilgan hisob tizimi va masofadan boshqariladigan hisoblagichlarga ega korxonalarning elektr energiyasi va gaz uchun oylik oldindan to‘lovi 100 foizdan 15 foizga tushadi.
Oxirgi ikki oyda to‘lov intizomini buzganlarga bu yengillik tatbiq etilmaydi. Energiya sarfi bo‘yicha yozma hisobotlar bekor qilinib, shartnomalar elektron shaklga o‘tkaziladi.
Issiqxonalarga subsidiya beriladi
Energiya tejovchi qoplamalar yoki ekologik toza isitish texnologiyalaridan foydalanadigan issiqxonalarga oktabr–mart oylarida iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi qoplab beriladi. Dastur 2030-yil 1-aprelgacha amal qiladi.
Patrullar endi xonadonlardagi hodisalarga ham chiqadi
1 noyabrdan patrul-post va qo‘riqlash xizmati xodimlari 112 orqali kelib tushgan xabarlar asosida nafaqat jamoat joylari, balki xonadonlarda sodir bo‘lgan jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi.
Patrullar yo‘nalishi mahallalarning ichki ko‘chalarini ham qamrab oladi. Sutka davomida ishlaydigan gastronomik ko‘chalarda jamoat tartibini saqlash patrul-post xizmatiga yuklatiladi.
Ommaviy tadbirlarda tartibni buzgan shaxslarning keyingi tadbirlarga kirishi vaqtincha cheklanadi.
Noyabrning keyingi kunlarida
3 noyabrdan banklar kredit reklamalarida uni qaytarmaslikning moliyaviy xavflari haqida ogohlantirishi shart. Bunday ogohlantirish reklama maydoni yoki rolik davomiyligining kamida 10 foizini, kredit shartnomasi birinchi sahifasining esa kamida 30 foizini egallashi kerak.
6 noyabrdan pulli avtomobil yo‘llariga oid qonun normalari amalga kiritiladi. Bunday yo‘llarni tashkil etishda muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi shart.
8 noyabrdan rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kiradi. Rieltorlar uchun malaka sertifikati va yagona reyestrga kiritish talablari belgilangan.