https://oz.sputniknews.uz/20261026/zelenskyy-hudud-masala-putin-muhokama-61504091.html
Zelenskiy hududiy masalani faqat Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirdi
Zelenskiy hududiy masalani faqat Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Kiyev hududlarni almashtirishga rozi emasligini, biroq hududiy masalani davlat rahbarlari darajasida muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. 26.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-26T13:49+0500
2026-10-26T13:49+0500
2026-10-26T13:49+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
muzokaralar
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60290824_0:156:3000:1844_1920x0_80_0_0_c10a1169636064bc2bd0ee4e5a7750c8.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi bilan hududiy masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Ukrainaning TSN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.Zelenskiyning ta’kidlashicha, AQSh tomoni hududlarni almashish masalasini bir necha bor ko‘targan. Biroq Kiyev bunday kelishuvga rozi emas.Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu masalalar noyabr oyida muhokama qilinishi mumkin.Shu bilan birga, Zelenskiy hududlar masalasida yon berishga tayyorligini bildirmadi, biroq bunday sharoitda Rossiya bilan yana nimani muhokama qilmoqchi ekaniga aniqlik kiritmadi.Avvalroq, 21-oktabrda, Zelenskiy "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga tayyorligini bildirgan edi.Jurnalist undan Ukrainaning kamida 75 foiz hududi Kiyev nazoratida qoladigan kelishuvga rozi bo‘lish-bo‘lmasligini so‘ragan. Zelenskiy bunga ijobiy javob berib, hozirgi vaziyatni muzlatib qo‘yish urushni tugatishning real yo‘li ekanini aytgan.Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22-oktabrda ushbu bayonotga munosabat bildirib, gap tarixan Rossiyaga tegishli deb hisoblaydigan hududlar haqida ketayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday sharoitda Ukrainaning hududiy yo‘qotishlari haqida gapirish o‘rinsiz.Rossiya, Ukraina va AQSh vakillarining uch tomonlama muzokaralari noyabr oyida qayta boshlanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20261013/putin-tramp-61141546.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60290824_167:0:2834:2000_1920x0_80_0_0_689406fa0cd30338cf7d7e993acf7d6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, muzokaralar, vladimir putin, rossiya
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, muzokaralar, vladimir putin, rossiya
Zelenskiy hududiy masalani faqat Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirdi
Zelenskiy Kiyev hududlarni almashtirishga rozi emasligini, biroq hududiy masalani davlat rahbarlari darajasida muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi bilan hududiy masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u Ukrainaning TSN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, AQSh tomoni hududlarni almashish masalasini bir necha bor ko‘targan. Biroq Kiyev bunday kelishuvga rozi emas.
"Biz hech narsani hech narsaga almashtirmaymiz.Biz muhokama qilishga tayyormiz. Agar hududiy masala bo‘lsa — yetakchilar darajasida. Boshqa masalalar esa texnik guruhlar darajasida", — dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu masalalar noyabr oyida muhokama qilinishi mumkin.
Shu bilan birga, Zelenskiy hududlar masalasida yon berishga tayyorligini bildirmadi, biroq bunday sharoitda Rossiya bilan yana nimani muhokama qilmoqchi ekaniga aniqlik kiritmadi.
Avvalroq, 21-oktabrda, Zelenskiy "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga tayyorligini bildirgan edi.
Jurnalist undan Ukrainaning kamida 75 foiz hududi Kiyev nazoratida qoladigan kelishuvga rozi bo‘lish-bo‘lmasligini so‘ragan. Zelenskiy bunga ijobiy javob berib, hozirgi vaziyatni muzlatib qo‘yish urushni tugatishning real yo‘li ekanini aytgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22-oktabrda ushbu bayonotga munosabat bildirib, gap tarixan Rossiyaga tegishli deb hisoblaydigan hududlar haqida ketayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday sharoitda Ukrainaning hududiy yo‘qotishlari haqida gapirish o‘rinsiz.
Moskva mojaroni vaqtinchalik sulh orqali emas, balki xavfsizlik masalalarini ham qamrab oluvchi uzoq muddatli kelishuv asosida hal qilish tarafdori ekanini bildirib kelmoqda.
Rossiya, Ukraina va AQSh vakillarining uch tomonlama muzokaralari noyabr oyida qayta boshlanishi mumkin.