https://oz.sputniknews.uz/20261026/russia-ozish-kapsula-61510852.html
Rossiyada ozishga yordam berishi mumkin bo‘lgan kapsula yaratildi
Rossiyada ozishga yordam berishi mumkin bo‘lgan kapsula yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya olimlari semizlik va diabetga qarshi "Dipiaron" nomli yangi kapsula yaratdi. U ishtahani kamaytirishi va qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam berishi mumkin. Preparat qachon sotuvga chiqadi
2026-10-26T16:54+0500
2026-10-26T16:54+0500
2026-10-26T17:54+0500
dori
shifokor
olimlar
ilm-fan
rossiya
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61510383_0:109:3253:1939_1920x0_80_0_0_9a1166935035aaa512ebdae1a2c812ed.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiyaning Volgograd davlat tibbiyot universiteti olimlari ikkinchi turdagi diabet va semizlikni davolash uchun "Dipiaron" nomli yangi preparatni kapsula shaklida ishlab chiqdi. Bu haqda universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Denis Babkov RIA Novostiga ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, yangi vosita qondagi qand miqdorini tartibga solishga, shuningdek, ishtaha va tana vaznini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Preparat klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tgan, ikkinchi bosqichini o‘tkazishga esa ruxsat berilgan.Preparat qanday ta’sir qiladi?"Dipiaron" mashhur "Ozempik"dan farqli mexanizm asosida ishlaydi. "Ozempik" GPP-1 gormoni ta’siriga taqlid qilsa, yangi preparat ichakdagi GPR119 retseptoriga ta’sir etib, organizmning qondagi qand miqdorini boshqaruvchi o‘z gormonlarini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi.Olimlar dori asosan ichakda ta’sir qilishi va qon aylanish tizimiga deyarli o‘tmasligiga erishgan. Bu nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirishi mumkin.Hayvonlardagi tajribalar preparatning insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralarini saqlash va tiklash xususiyatini ko‘rsatgan.Laboratoriya sinovlarida uning jigar va yurak hujayralariga toksik ta’siri aniqlanmagan. Biroq preparatning insonlar uchun xavfsizligi va samaradorligi klinik tadqiqotlar yakunida baholanadi.Yangi kapsula qachon sotuvga chiqadi?"Dipiaron" klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tgan. Iyul oyida 308 nafar ikkinchi turdagi qandli diabet bemori ishtirokida ikkinchi bosqichni o‘tkazishga ruxsat berilgan.Unda preparatning qondagi qand miqdorini qanchalik samarali kamaytirishi va eng maqbul dozalari o‘rganiladi.Ishlab chiquvchilar barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi preparatni 2028-yildan erta bo‘lmagan muddatda bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260730/saraton-qarshi-dori-59376775.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61510383_262:0:2993:2048_1920x0_80_0_0_d729f12a491ea1382958e4a2c0de0ba5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dori, shifokor, olimlar, ilm-fan, rossiya, kasallik
dori, shifokor, olimlar, ilm-fan, rossiya, kasallik
Rossiyada ozishga yordam berishi mumkin bo‘lgan kapsula yaratildi
16:54 26.10.2026 (yangilandi: 17:54 26.10.2026) Rossiyada ozishga yordam berishi va ikkinchi turdagi diabetni davolashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi kapsula sinovdan o‘tmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiyaning Volgograd davlat tibbiyot universiteti olimlari ikkinchi turdagi diabet va semizlikni davolash uchun "Dipiaron" nomli yangi preparatni kapsula shaklida ishlab chiqdi. Bu haqda universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Denis Babkov RIA Novostiga
ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, yangi vosita qondagi qand miqdorini tartibga solishga, shuningdek, ishtaha va tana vaznini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Preparat klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tgan, ikkinchi bosqichini o‘tkazishga esa ruxsat berilgan.
Preparat qanday ta’sir qiladi?
"Dipiaron" mashhur "Ozempik"dan farqli mexanizm asosida ishlaydi. "Ozempik" GPP-1 gormoni ta’siriga taqlid qilsa, yangi preparat ichakdagi GPR119 retseptoriga ta’sir etib, organizmning qondagi qand miqdorini boshqaruvchi o‘z gormonlarini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi.
Babkovning so‘zlariga ko‘ra, preparatning yana bir afzalligi — uni ukol qilish emas, kapsula shaklida qabul qilish mumkin.
Olimlar dori asosan ichakda ta’sir qilishi va qon aylanish tizimiga deyarli o‘tmasligiga erishgan. Bu nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirishi mumkin.
Hayvonlardagi tajribalar preparatning insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralarini saqlash va tiklash xususiyatini ko‘rsatgan.
Laboratoriya sinovlarida uning jigar va yurak hujayralariga toksik ta’siri aniqlanmagan. Biroq preparatning insonlar uchun xavfsizligi va samaradorligi klinik tadqiqotlar yakunida baholanadi.
Yangi kapsula qachon sotuvga chiqadi?
"Dipiaron" klinik sinovlarning birinchi bosqichidan o‘tgan. Iyul oyida 308 nafar ikkinchi turdagi qandli diabet bemori ishtirokida ikkinchi bosqichni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Unda preparatning qondagi qand miqdorini qanchalik samarali kamaytirishi va eng maqbul dozalari o‘rganiladi.
Ishlab chiquvchilar barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi preparatni 2028-yildan erta bo‘lmagan muddatda bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.