https://oz.sputniknews.uz/20261026/musulmon-nato-iran-muzokara-61492637.html
"Musulmon NATOsi" vakillari Eron bilan Tehronda muzokara o‘tkazadi
"Musulmon NATOsi" vakillari Eron bilan Tehronda muzokara o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
"Musulmon NATOsi" deb ataluvchi Makka mudofaa paktiga kiruvchi Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston vakillari Eron bilan muzokara o‘tkazadi. Uchrashuv husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari fonida rejalashtirilgan.
2026-10-26T10:43+0500
2026-10-26T10:43+0500
2026-10-26T10:51+0500
pokiston
turkiya
saudiya arabistoni
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh – eron mojarosi
muzokaralar
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61490947_0:160:1536:1024_1920x0_80_0_0_7f7300c52459bd5e08587860923bb69e.png
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonning yuqori mansabdor vakillari bugun Tehronda Eron rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda "Reuters" vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib xabar berdi.Muzokaralarda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon, Pokiston armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir hamda Turkiya razvedka xizmati rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.Bu uch davlat 2026-yil avgustda Makka qo‘shma mudofaa kelishuvini imzolagan edi.Shuningdek, 25-oktabrda Qatar delegatsiyasi ham vositachilik muzokaralari uchun Tehronga yetib keldi. Ta’kidlanishicha, tashrif mintaqadagi keskinlikni yumshatish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Qatar AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik muloqotda vositachilik qilmoqda."Musulmon NATOsi" nima?Makka pakti NATOning kollektiv mudofaa tamoyiliga o‘xshash qoidaga asoslangan. Unga ko‘ra, a’zolardan biriga qurolli hujum uchala davlatga qilingan hujum hisoblanadi. Tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rish majburiyatini olgan.Oktabr oyida uch davlat vazirlari Ar-Riyodda favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Saudiya Arabistoniga harbiy kuch va vositalarni tezkor joylashtirish choralarini kelishib olgan.Eron ham paktga qo‘shilishi mumkinmi?Sentabrda Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Makka kelishuvi Eronga qarshi qaratilmaganini va kelgusida Tehron ham unga qo‘shilishi mumkinligini bildirgan edi.Eronning Pokistondagi elchisi Rizo Amir Muqaddam esa yaqinda Tehron ushbu kelishuvni o‘rganib chiqib, uni qo‘llab-quvvatlash masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.Pokiston ayni paytda Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik qilishga ham urinmoqda. Osim Munir o‘tgan hafta Tehronda bo‘lib, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashgan.Shu bois bugungi muloqot nafaqat Saudiya Arabistoni xavfsizligi, balki Eron bilan mintaqaviy davlatlar munosabatlari uchun ham ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260920/turkey-saudi-arabia-yordam-60587545.html
pokiston
turkiya
saudiya arabistoni
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61490947_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_75629cb18279b0035d1f3d182f190703.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pokiston, turkiya, saudiya arabistoni, dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh – eron mojarosi, muzokaralar, eron
pokiston, turkiya, saudiya arabistoni, dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh – eron mojarosi, muzokaralar, eron
"Musulmon NATOsi" vakillari Eron bilan Tehronda muzokara o‘tkazadi
10:43 26.10.2026 (yangilandi: 10:51 26.10.2026) Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston vakillari bugun Tehronda Eron rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlikni muhokama qiladi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonning yuqori mansabdor vakillari bugun Tehronda Eron rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda "Reuters" vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib xabar berdi.
Muzokaralarda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon, Pokiston armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir hamda Turkiya razvedka xizmati rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.
Uchrashuv Yamandagi Eronga yaqin husiylar Saudiya Arabistoniga raketa va dronlar bilan hujumlarni kuchaytirgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. 25-oktabrda Saudiya Arabistoni havo mudofaasi navbatdagi raketa va dronlar hujumini qaytargan.
Bu uch davlat 2026-yil avgustda Makka qo‘shma mudofaa kelishuvini imzolagan edi.
Shuningdek, 25-oktabrda Qatar delegatsiyasi ham vositachilik muzokaralari uchun Tehronga yetib keldi. Ta’kidlanishicha, tashrif mintaqadagi keskinlikni yumshatish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Qatar AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik muloqotda vositachilik qilmoqda.
Makka pakti NATOning kollektiv mudofaa tamoyiliga o‘xshash qoidaga asoslangan. Unga ko‘ra, a’zolardan biriga qurolli hujum uchala davlatga qilingan hujum hisoblanadi. Tomonlar bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rish majburiyatini olgan.
Kelishuv harbiy hamkorlik, razvedka ma’lumotlarini almashish, qo‘shma mashg‘ulotlar va mudofaa texnologiyalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
Oktabr oyida uch davlat vazirlari Ar-Riyodda favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Saudiya Arabistoniga harbiy kuch va vositalarni tezkor joylashtirish choralarini kelishib olgan.
Eron ham paktga qo‘shilishi mumkinmi?
Sentabrda Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Makka kelishuvi Eronga qarshi qaratilmaganini va kelgusida Tehron ham unga qo‘shilishi mumkinligini bildirgan edi.
Eronning Pokistondagi elchisi Rizo Amir Muqaddam esa yaqinda Tehron ushbu kelishuvni o‘rganib chiqib, uni qo‘llab-quvvatlash masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Pokiston ayni paytda Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik qilishga ham urinmoqda. Osim Munir o‘tgan hafta Tehronda bo‘lib, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashgan.
Shu bois bugungi muloqot nafaqat Saudiya Arabistoni xavfsizligi, balki Eron bilan mintaqaviy davlatlar munosabatlari uchun ham ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.