https://oz.sputniknews.uz/20261026/mirziyoev-qatar-amir-uchrashuv-61507336.html
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Tomonlar investitsiyaviy loyihalar va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
2026-10-26T15:24+0500
2026-10-26T15:24+0500
2026-10-26T15:24+0500
shavkat mirziyoyev
qatar
tashrif
siyosat
iqtisod
hamkorlik
savdo
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61506886_0:147:1900:1216_1920x0_80_0_0_6ff47d1903abdad22ee64134393cb223.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni yanada kengaytirishga kelishib oldi.Muloqot davomida so‘nggi yillardagi faol siyosiy munosabatlar va tizimli hamkorlik natijasida O‘zbekiston va Qatar aloqalari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniy 15-oktabrda Bokuda o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida ham uchrashgan edi.O‘shanda Qatar kompaniyalari bilan energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish sohalarida faol hamkorlik olib borilayotgani qayd etilgan.Shuningdek, dekabr oyidagi Doha forumi doirasida Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260622/uzbekistan-katar-loyihalar-boshlash-58498871.html
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61506886_107:0:1795:1266_1920x0_80_0_0_2b8cf1ea6db411b76c0faebecd8b1012.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, qatar, tashrif, siyosat, iqtisod, hamkorlik, savdo, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, qatar, tashrif, siyosat, iqtisod, hamkorlik, savdo, o‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri bilan uchrashdi
Mirziyoyev va Ol Soniy oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga ahdlashdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni yanada kengaytirishga kelishib oldi.
Muloqot davomida so‘nggi yillardagi faol siyosiy munosabatlar va tizimli hamkorlik natijasida O‘zbekiston va Qatar aloqalari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniy 15-oktabrda Bokuda o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida ham uchrashgan edi.
O‘shanda Qatar kompaniyalari bilan energetika, kimyo sanoati, oziq-ovqat xavfsizligi, transport va qurilish sohalarida faol hamkorlik olib borilayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, dekabr oyidagi Doha forumi doirasida Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilgani ma’lum qilingan edi.