Rossiya yetakchi: o‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda — infografika

Obuna bo‘lish
Rossiya o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p borayotgan davlatga aylandi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2026 yilning yanvar–sentabr oylarida 16 522 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,1 ming nafarga yoki 33 foizga kam.
Mazkur davrda Rossiyaga o‘qish maqsadida 3 847 nafar o‘zbekistonlik borgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat birinchi o‘rinni egalladi.
Keyingi o‘rinlardan Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoy joy oldi.
Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh ham o‘zbekistonliklar ta’lim olish uchun safar qilgan davlatlar qatoriga kirdi.
Qizig‘i, 2025-yilning mos davrida bu yo‘nalishda Tojikiston yetakchi bo‘lgan.
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilayotgani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0