Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya va Ukraina Aloshki hududida vaqtincha sulh tuzishga kelishib oldi

© Gettyimages.ru Naselonnqy punkt Aloshki na levom beregu Dnepra
Naselonnqy punkt Aloshki na levom beregu Dnepra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2026
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik tinchlik gumanitar yuklarni yetkazib berish maqsadida tuzildi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiya va Ukraina Xerson viloyatidagi Aloshki aholi punktida gumanitar missiyalarni bajarish uchun tinchlik o‘rnatishga kelishib oldi.

"Xerson viloyatining Aloshki hududida gumanitar operatsiya munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari ushbu yo‘nalishda o‘t ochishni to‘xtatadi va 2026-yil 27-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 4:00 dan boshlab sulh tuzadi", - deyiladi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bayonotida.

Odamlar xavfsizligini va ijtimoiy ahamiyatga ega yuklarni yetkazib berishni ta’minlash uchun muhandislik razvedkasi o‘tkaziladi va gumanitar karvonning Xerson viloyatining Aloshki shahriga xavfsiz o‘tishi ta’minlanadi, - deyiladi xabarda.

Ukraina Bosh shtabi ham ushbu aholi punktida vaqtinchalik tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘ldi.

"Ukraina 27-oktabr kuni Kiyev vaqti bilan soat 3:00 dan boshlab ma’lum bir hududda sulh tuzadi", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi telegramda.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina orasida ushbu sulhga AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp vositachiligida erishishga muvaffaq bo‘lindi.

Rossiya tomonida muzokaralarga inson huquqlari ombudsmani Yana Lantratova, Ukraina tomonida esa uning hamkasbi, Ukraina ombudsmani Dmitriy Lyubines rahbarlik qildi.
Aleshki aholi punkti Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida, Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Xerson shahri ro‘parasida joylashgan. Ukraina Qurolli kuchlarining harakatlari tufayli shahardagi gumanitar vaziyat og‘irlashdi. Oziq-ovqat, tibbiy buyumlar yetkazib berish imkoni keskin cheklandi.
Yangiliklar lentasi
0