Oilaviy bog‘dan xalqaro e’tirofgacha: Mastura Sayfutdinova hikoyasi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
BMTning “100 nafar ayol qahramon” ro‘yxatida e’tirof etilgan Mastura Sayfutdinovaning hayot yo‘li va muvaffaqiyat sirlari haqida.
Mastura Sayfutdinova qariyb 50-yildan buyon O‘zbekistonda anorchilikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Yoshligimdan anorzorlarda katta bo‘lganman. Ehtimol anorga mehr qo‘yishimga hovlimizdagi anorzorlar sabab bo‘lgan, deb hikoya qiladi Mastura opa.

Anorchilik xo‘jaligida ishlashni u kishi 1986-yilda boshlagan va o‘tgan vaqt davomida ushbu soha turli davrlarni boshidan kechirgan. Mastura opa aytishiga ko‘ra, sohanng tizimli rivojlanish 2017-yilda, prezidentning alohida topshirig‘idan so‘ng boshlangan.
“Inson o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga astoyidil intilsa — hayoning har qanday sinovlari unga to‘siq bo‘la olmaydi. Man o‘z hayotimda shuni ko‘rib keldim”, - deydi Mastura opa.
Bugungi kunda uning xo‘jaligida 300 gektar maydonda anor yetishtiriladi. 150dan ortiq oila vakillari uchun ish o‘rinlari yaratilgan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan va uning mahsulotlar xorijga eksport qilinadi.
Mastura Sayfutdinovaning muvaffaqiyat sirlari va hayot saboqlari haqida batafsil videolavhamizda tanishing!
Yangiliklar lentasi
0