Bekobodda O‘zbekiston – Boshqirdiston qo‘shma texnoparki qurilishi boshlandi

© Telegram-kanal Radiya XabirovaRadiy Xabirov i Zoyir Mirzayev dali start stroitelstvu texnoparka "Bekabad"
Radiy Xabirov i Zoyir Mirzayev dali start stroitelstvu texnoparka Bekabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida 100 gektarlik qo‘shma texnopark qurilishi boshlandi. Radiy Xabirov buni hamkorlikdagi yangi sahifa deb atadi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida O‘zbekiston–Boshqirdiston qo‘shma texnoparki qurilishi boshlandi. Bu haqda Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilishga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan birgalikda start berilgan. Bu Boshqirdiston uchun xorijiy davlatda texnopark barpo etish bo‘yicha ilk tajriba hisoblanadi.
"Bugun biz Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikda yangi sahifa ochdik. Hozirdanoq katta imtiyozlarga ega bo‘ladigan dastlabki rezidentlarimiz bor", — dedi Xabirov.
Texnopark Bekobod maxsus iqtisodiy zonasi hududida joylashadi. Loyihaga ko‘ra, uning umumiy maydoni 100 gektarni tashkil etadi. Bu yerda ishlab chiqarish korxonalari, muhandislik infratuzilmasi va transport yo‘llari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Xabirov besh nafar salohiyatli investor texnoparkda ish boshlashga tayyorligini, ularning umumiy investitsiya portfeli 13 mln dollardan oshishini ma’lum qilgan edi.
Dastlabki binolarning umumiy maydoni qariyb 25 ming kvadrat metr bo‘lishi rejalashtirilgan.
Bo‘lajak rezidentlar orasida quduqlarni burg‘ilash va ta’mirlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi "Burintex" hamda Ural prujina zavodi tilga olingan.
Texnopark ishtirokchilariga belgilangan shartlar asosida soliq va bojxona imtiyozlari, tayyor muhandislik infratuzilmasi hamda ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish imkoniyati beriladi.
Eslatib o‘tamiz, texnoparkni tashkil etish masalasi 2026-yil aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro ko‘rgazmasida ham muhokama qilingan. O‘shanda loyihaning bosh rejasi tayyorlangani va boshqaruv kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani ma’lum qilingan edi.
Zoyir Mirzayev nagrajden ordenom Drujbi narodov Respubliki Bashkortostan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Toshkent viloyati va Boshqirdiston 235,7 mln dollarlik loyihalarni tezlashtiradi
Yangiliklar lentasi
0