https://oz.sputniknews.uz/20261021/south-africa-tanzania-sputnik-61374177.html
JAR va Tanzaniyada Sputnik ofislari ochilishi Afrika uchun xolis axborotga yo‘l ochadi — Lavrov
JAR va Tanzaniyada Sputnik ofislari ochilishi Afrika uchun xolis axborotga yo‘l ochadi — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik JAR va Tanzaniyada ikkita yangi tahririyat markazini ochdi. Sergey Lavrov ularning Afrikada xolis axborotdan foydalanish imkonini kengaytirishini ta’kidladi. Markazlar ingliz va suaxili tillarida kontent tayyorlaydi.
2026-10-21T14:24+0500
2026-10-21T14:24+0500
2026-10-21T14:24+0500
sergey lavrov
"rossiya segodnya"
dunyo yangiliklari
oav
sputnik
janubiy afrika respublikasi (jar)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/05/60971078_0:0:2972:1673_1920x0_80_0_0_9ec12f1ab7fe80eb354a90256037f816.jpg
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. "Sputnik" xalqaro axborot agentligi va radiosi Afrikada ikkita yangi tahririyat markazini ochdi. Ular Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg va Tanzaniyaning Dor-us-Salom shaharlarida ish boshladi.20 oktabrdagi ochilish marosimida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videomurojaat bilan ishtirok etdi.Vazir Tanzaniya va JAR hukumatlariga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u yangi markazlarning 28–29 oktabr kunlari Moskvada o‘tadigan uchinchi "Rossiya — Afrika" sammiti arafasida ochilishi ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.JAR vitse-prezidenti Pol Mashatile Sputnik’ning Afrikadagi faoliyati kengayishi mintaqada fikrlar xilma-xilligini ta’minlash va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi."Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov esa Afrika davlatlari hududida bevosita faoliyat yuritish imkoniyatini o‘zaro ishonch belgisi deb atadi.Yangi markazlarda o‘nlab mahalliy jurnalistlar faoliyat yuritadi. Ular ingliz va suaxili tillarida yangiliklar, tahliliy materiallar va podkastlar tayyorlaydi. Kontent Afrika bo‘ylab umumiy auditoriyasi 100 milliondan ortiq tinglovchiga ega radiostansiyalar orqali ham tarqatiladi.Ma’lumot uchun, Sputnik Africa 2022-yilda ish boshlagan. Hozir agentlik qit’ada besh tilda, jumladan, suaxili, amxar va oromo tillarida faoliyat yuritmoqda.Sputnik dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq tilda axborot tarqatadi va 26 ta ko‘p funksiyali markazga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20260629/rossiya-segodnya-mavqe-mustahkamlash-58664668.html
janubiy afrika respublikasi (jar)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/05/60971078_111:0:2842:2048_1920x0_80_0_0_bf0f5a4a0e8d7931f88984b507113e84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey lavrov, "rossiya segodnya", dunyo yangiliklari, oav, sputnik, janubiy afrika respublikasi (jar)
sergey lavrov, "rossiya segodnya", dunyo yangiliklari, oav, sputnik, janubiy afrika respublikasi (jar)
JAR va Tanzaniyada Sputnik ofislari ochilishi Afrika uchun xolis axborotga yo‘l ochadi — Lavrov
Rossiya TIV rahbari Afrikada Sputnik’ning yangi markazlari ochilishi mintaqada xolis va tekshirilgan axborotdan foydalanish imkonini kengaytirishini ta’kidladi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. "Sputnik" xalqaro axborot agentligi va radiosi Afrikada ikkita yangi tahririyat markazini ochdi. Ular Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg va Tanzaniyaning Dor-us-Salom shaharlarida
ish boshladi.
20 oktabrdagi ochilish marosimida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov videomurojaat bilan ishtirok etdi.
"Dor-us-Salom va Yoxannesburgda mintaqaviy vakolatxonalarning ochilishi afrikalik auditoriyaning buzib ko‘rsatilmagan, mafkuraviy filtrlardan xoli, xolis va tekshirilgan axborotdan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi", — dedi Lavrov.
Vazir Tanzaniya va JAR hukumatlariga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u yangi markazlarning 28–29 oktabr kunlari Moskvada o‘tadigan uchinchi "Rossiya — Afrika" sammiti arafasida ochilishi ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
JAR vitse-prezidenti Pol Mashatile Sputnik’ning Afrikadagi faoliyati kengayishi mintaqada fikrlar xilma-xilligini ta’minlash va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.
"Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov esa Afrika davlatlari hududida bevosita faoliyat yuritish imkoniyatini o‘zaro ishonch belgisi deb atadi.
"Bu ishonch axborot suverenitetini — Afrika va Rossiya suverenitetini mustahkamlaydi", — dedi u.
Yangi markazlarda o‘nlab mahalliy jurnalistlar faoliyat yuritadi. Ular ingliz va suaxili tillarida yangiliklar, tahliliy materiallar va podkastlar tayyorlaydi. Kontent Afrika bo‘ylab umumiy auditoriyasi 100 milliondan ortiq tinglovchiga ega radiostansiyalar orqali ham tarqatiladi.
Ma’lumot uchun, Sputnik Africa 2022-yilda ish boshlagan. Hozir agentlik qit’ada besh tilda, jumladan, suaxili, amxar va oromo tillarida faoliyat yuritmoqda.
Sputnik dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq tilda axborot tarqatadi va 26 ta ko‘p funksiyali markazga ega.