Rossiyalik tibbiyot talabalari bir hafta davomida Buxoroda shifokorlar ishini o‘rgandi

© SputnikStudenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiyalik olti nafar talaba Buxorodagi shifoxona va poliklinikalarda shifokorlar ishini o‘rganib, bemorlar ko‘rigida qatnashdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining (RXDU) 5–6-bosqichida tahsil olayotgan olti nafar talaba Buxoroda bir hafta davomida mahalliy shifokorlar faoliyatini o‘rganib, amaliy tajriba orttirdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Delegatsiyaga RXDU Tibbiyot instituti direktori o‘rinbosari, umumiy shifokorlik amaliyoti kafedrasi mudiri Nikolay Sturov boshchilik qildi. Tashrif Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shohrux Teshayevning taklifiga binoan tashkil etildi.
© SputnikStudenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare
Mehmonlar bir hafta davomida Buxoro shahri va viloyatdagi turli tibbiyot muassasalarida bo‘ldi.
Ular Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi, shahar poliklinikalari, viloyat kardiologiya dispanseri hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali faoliyati bilan tanishdi.
Ayniqsa, Buxoro tumanidagi "Rabotiqalmoq" mahallasiga uyushtirilgan safar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. U yerda mehmonlar oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rganib, yirik shahar klinikalaridan uzoq hududlarda tibbiy yordam qanday tashkil etilganini ko‘rdi.
© SputnikStudenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare
Har bir muassasada talabalarni bosh shifokorlar va bo‘lim mudirlari kutib oldi. Mezbonlar bemorlarni qabul qilish jarayoni qanday tashkil etilgani, tibbiy jamoalar kundalik faoliyatida qanday vazifalarni bajarishi haqida so‘zlab berdi.
Talabalar nafaqat shifokorlar ishini kuzatdi, balki palata aylanishlari va bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda bevosita qatnashdi. Shuningdek, diagnostika uskunalari va davolash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
"Biz uchun shunchaki shifoxonalarga borish emas, balki shifokorlar faoliyatini ichkaridan ko‘rish — oddiy ish kuni qanday o‘tishi, bemorlar bilan qanday muloqot qilinishi va turli bosqichlarda tibbiy yordam qanday yo‘lga qo‘yilganini o‘rganish muhim edi", — deya ta’kidladi mehmonlar.
Safar faqat kasbiy tajriba almashish bilan cheklanmadi. Olti nafar talabaning barchasi O‘zbekistonga ilk bor kelgani bois mezbonlar ular uchun madaniy dastur ham tayyorladi. Mehmonlar Buxoroning tarixiy obidalari va boy madaniy merosi bilan tanishdi.
Bu Buxoro tibbiyot instituti va RXDU o‘rtasidagi ilk hamkorlik tashrifi emas. Ikki oliygoh 2023-yilda hamkorlik memorandumini imzolagan edi.
Bugungi kunda talabalar "Davolash ishi" va "Stomatologiya" yo‘nalishlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olishi mumkin. Shuningdek, talabalar, ordinatorlar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Bunday tashriflar bo‘lajak shifokorlarga boshqa mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi bilan tanishish, kasbiy yondashuvlarni taqqoslash va yangi amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.
Gruppa meditsinskix rabotnikov viexala v Moskovskuyu oblast dlya obmena opitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Bir guruh tibbiyot xodimi tajriba almashish uchun Moskva viloyatiga jo‘nab ketdi
Yangiliklar lentasi
0