https://oz.sputniknews.uz/20261021/bola-zoravonlik-himoya-61371159.html
Umrbod qamoq, oiladagi zo‘ravonlik va bepul advokat — Bolalar ombudsmani bilan intervyu
Umrbod qamoq, oiladagi zo‘ravonlik va bepul advokat — Bolalar ombudsmani bilan intervyu
Sputnik O‘zbekiston
Bolaga nisbatan zo‘ravonlik ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilsa, uni kim himoya qiladi? Bolalar ombudsmani yangi qonundagi jazolar, bepul advokat va jabrlangan bolalar huquqlarini himoya qilish choralarini tushuntirdi.
2026-10-21T12:02+0500
2026-10-21T12:02+0500
2026-10-21T14:49+0500
yangi qonun
zo‘ravonlik
bolalar ombudsmani
ombudsman
jamiyat
oila
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61368189_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_8bb7b482070eb10d9f94c2c05a5da192.jpg
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun jazo kuchaytirildi. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova bergan intervyusida yangi qonunning ahamiyati va unda nazarda tutilgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.Uning ma’lum qilishicha, Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan har beshinchi murojaat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularning 20 foizdan ortig‘i esa aynan jinsiy zo‘ravonlik holatlariga oid.Yangi qonunga muvofiq, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun 25-yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.Qonun bilan bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ham jazo choralari qat’iylashtirildi. Shuningdek, bir guruh shaxslar tomonidan bolaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.Jabrlangan bolalarning huquqiy himoyasi ham kuchaytirilmoqda. Xususan, jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan advokat ishtirokini ta’minlash, tergov jarayonida ularni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish choralari nazarda tutilgan.Agar jinoyat ota-ona yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun ishga vasiylik va homiylik organi vakili jalb etiladi.Nima uchun jazolar kuchaytirildi, bolalar oila ichidagi zo‘ravonlikdan qanday himoya qilinadi va yangi qonun yana qanday o‘zgarishlarni nazarda tutadi? Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20261014/bolalarga-nisbatan-zoravonlik-jazo-61192272.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/15/61368189_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_2876da349062b8ea4b73374db93fba05.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, zo‘ravonlik, bolalar ombudsmani, ombudsman, jamiyat, oila, video
yangi qonun, zo‘ravonlik, bolalar ombudsmani, ombudsman, jamiyat, oila, video
Umrbod qamoq, oiladagi zo‘ravonlik va bepul advokat — Bolalar ombudsmani bilan intervyu
12:02 21.10.2026 (yangilandi: 14:49 21.10.2026) Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilishi va jabrlangan bolalarni himoya qilish choralarini sharhladi.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun jazo kuchaytirildi. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova bergan intervyusida yangi qonunning ahamiyati va unda nazarda tutilgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi.
Uning ma’lum qilishicha, Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan har beshinchi murojaat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularning 20 foizdan ortig‘i esa aynan jinsiy zo‘ravonlik holatlariga oid.
Yangi qonunga muvofiq, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun 25-yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
"Bola tirik qolsa-da, bu jinoyat uning butun hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni ma’nan o‘ldirishga teng bo‘lgan jinoyat hisoblanadi", — dedi Rahmonova.
Qonun bilan bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ham jazo choralari qat’iylashtirildi. Shuningdek, bir guruh shaxslar tomonidan bolaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.
Jabrlangan bolalarning huquqiy himoyasi ham kuchaytirilmoqda. Xususan, jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan advokat ishtirokini ta’minlash, tergov jarayonida ularni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish choralari nazarda tutilgan.
Agar jinoyat ota-ona yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun ishga vasiylik va homiylik organi vakili jalb etiladi.
Nima uchun jazolar kuchaytirildi, bolalar oila ichidagi zo‘ravonlikdan qanday himoya qilinadi va yangi qonun yana qanday o‘zgarishlarni nazarda tutadi? Batafsil
Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.