https://oz.sputniknews.uz/20261019/beeline-perfectum-sotib-olish-61321550.html
Beeline egasi Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib oladi — nima o‘zgaradi?
Beeline egasi Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib oladi — nima o‘zgaradi?
Sputnik O‘zbekiston
Beeline Uzbekistan egasi VEON Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib olishga kelishdi. Bitim natijasida chastota resursi 50 foizga kengayishi, 5G tarmog‘i va aloqa qamrovini yaxshilash imkoniyatlari oshishi kutilmoqda.
2026-10-19T17:14+0500
2026-10-19T17:14+0500
2026-10-19T17:14+0500
mobil aloqa
shartnoma
internet
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/826/85/8268572_0:97:1024:673_1920x0_80_0_0_0c3110039bc95ed20a33a9d439ce749e.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Beeline Uzbekistan egasi VEON guruhi Perfectum brendi ostida ishlovchi Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.VEON ma’lumotiga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati qariyb 207 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu summaga Perfectum’ning 93 mln dollarga yaqin qarzi ham kiritilgan.Xususan, Perfectum’ning 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi jami 115 MGs chastota resursi, tarmoq uskunalari va Nokia texnologiyalari asosida qurilgan mustaqil 5G tarmog‘i VEON tasarrufiga o‘tadi.Natijada Beeline kompaniyasining mobil aloqa uchun ajratilgan radiochastotalari qariyb 50 foizga ko‘payadi. Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradinning ta’kidlashicha, qo‘shimcha resurslar aloqa qamrovi va sifatini yaxshilash, 5G xizmatlarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytiradi.Hozircha Perfectum brendi va uning amaldagi abonentlari uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ma’lum qilinmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260128/mobil-aloqa-qoidalar-yangilanish-55317187.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/826/85/8268572_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_7d951b46a15b82260e855f08cb158fb7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mobil aloqa, shartnoma, internet, o‘zbekiston
mobil aloqa, shartnoma, internet, o‘zbekiston
Beeline egasi Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib oladi — nima o‘zgaradi?
VEON Perfectum operatorini 207 mln dollarga sotib olishga kelishdi. Bitim Beeline kompaniyasining chastota resursini 50 foizga oshirishi kutilmoqda
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Beeline Uzbekistan egasi VEON guruhi Perfectum brendi ostida ishlovchi Rubicon Wireless kompaniyasining 100 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
VEON
ma’lumotiga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati qariyb 207 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu summaga Perfectum’ning 93 mln dollarga yaqin qarzi ham kiritilgan.
Kompaniya xarid orqali Beeline Uzbekistan tarmog‘ining qamrovi va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, 5G xizmatlarini rivojlantirish hamda uylar va korxonalar uchun simsiz keng polosali internet imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Xususan, Perfectum’ning 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi jami 115 MGs chastota resursi, tarmoq uskunalari va Nokia texnologiyalari asosida qurilgan mustaqil 5G tarmog‘i VEON tasarrufiga o‘tadi.
Natijada Beeline kompaniyasining mobil aloqa uchun ajratilgan radiochastotalari qariyb 50 foizga ko‘payadi.
Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradinning ta’kidlashicha, qo‘shimcha resurslar aloqa qamrovi va sifatini yaxshilash, 5G xizmatlarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bitim uchun zarur regulyator ruxsatlari olingan. Xaridni oktabr oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Hozircha Perfectum brendi va uning amaldagi abonentlari uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ma’lum qilinmagan.