TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo bitimi yil oxirigacha kuchga kirishi mumkin, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev RIA Novostiga.Uning ta’kidlashicha, kelishuv YeOIIning beshta davlatining har birida ichki tartib-qoidalardan o‘tishni talab etadi.Rossiya vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlar tovarlarning muhim nomenklaturasini qamrab oladi va bojlarni o‘zaro nolga tushirishni nazarda tutadi. Bu Rossiya tovarlarining Indoneziya bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga va Indoneziya kompaniyalariga YeOII bozoridagi ishtirokini kengaytirishga imkon beradi.2025 yil 21-dekabrda Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlari Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolagan.Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnyov bojlarning mutlaq pasayishi YeOIIning Indoneziya bilan taxminan 3 milliard dollarlik savdosiga ta’sir qilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim kuchga kirgandan keyingi uch-besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravar ko‘payishi kerak.
Kelishuvlar tovarlarning muhim nomenklaturasini qamrab oladi va bojlarni o‘zaro nolga tushirishni nazarda tutadi
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasidagi erkin savdo bitimi yil oxirigacha kuchga kirishi mumkin, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev RIA Novostiga.
“Men shuni aytishim mumkinki, ittifoq mamlakatlarining aksariyati ushbu tartib-taomilni (ratifikatsiya – tahr.) allaqachon yakunladi. Yaqinda Indoneziya prezidenti Sharqiy iqtisodiy forum sessiyasining yalpi majlisida so‘zga chiqib, ratifikatsiya qilish to‘g‘risida farmon imzolaganini e’lon qildi. Shunday qilib, menimcha, oz qoldi. Va men bitim yil oxirigacha kuchga kirishiga ishonmoqchiman”, – dedi Gruzdev.
Uning ta’kidlashicha, kelishuv YeOIIning beshta davlatining har birida ichki tartib-qoidalardan o‘tishni talab etadi.
Rossiya vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlar tovarlarning muhim nomenklaturasini qamrab oladi va bojlarni o‘zaro nolga tushirishni nazarda tutadi. Bu Rossiya tovarlarining Indoneziya bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga va Indoneziya kompaniyalariga YeOII bozoridagi ishtirokini kengaytirishga imkon beradi.
2025 yil 21-dekabrda Sankt-Peterburgda YeOII mamlakatlari Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolagan.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnyov bojlarning mutlaq pasayishi YeOIIning Indoneziya bilan taxminan 3 milliard dollarlik savdosiga ta’sir qilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim kuchga kirgandan keyingi uch-besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravar ko‘payishi kerak.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.