https://oz.sputniknews.uz/20261017/tramp-rossiyaga-qarshi-dozaxiy-sanktsiyalarning-bir-qismidan-voz-kechdi-61272592.html
Tramp Rossiyaga qarshi "do‘zaxiy sanksiyalar"ning bir qismidan voz kechdi
Tramp Rossiyaga qarshi "do‘zaxiy sanksiyalar"ning bir qismidan voz kechdi
Sputnik O‘zbekiston
Trampning ushbu farmonini "muhim va chinakam tarixiy lahza" — Kirill Dmitriyev. 17.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-17T15:49+0500
2026-10-17T15:49+0500
2026-10-17T15:53+0500
aqsh
rossiya
donald tramp
sanksiya
sanksiyalar ro‘yxati
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60194420_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_352d4440356015694969c67a6c497410.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Eronga qarshi "do‘zaxiy sanksiyalar" qonunida ko‘zda tutilgan ba’zi choralardan voz kechishni buyurdi.Shunday qilib, Tramp Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilinadigan mahsulotlarga 500% gacha va Moskvadan energiya sotib oladigan eng yirik beshta mamlakatdan tovarlarga 100% gacha bo‘lgan tariflardan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan mansabdor shaxslar, banklar va tashkilotlarga nisbatan cheklovlardan voz kechdi.AQSh prezidenti ushbu farmonni bir necha kun oldin Rossiya bilan erishilgan dizel kelishuvidan so‘ng imzoladi. Ushbu qaror Vashington manfaatlariga mos kelishi ta’kidlangan. Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Trampning ushbu farmonini "muhim va chinakam tarixiy lahza" deb atadi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi, global iqtisodiy barqarorlikni rag‘batlantiradi va ishonchni mustahkamlash va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun zamin yaratadi."Sanksiyalar va qarama-qarshilik o‘rniga bizga muloqot, o‘zaro manfaatli hamkorlik va global barqarorlik uchun umumiy mas’uliyat kerak", deb xulosa qildi Dmitriyev.Bir hafta oldin Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali suhbatlashishdi. Suhbatdan so‘ng, AQSh prezidenti energetika sohasidagi yirik kelishuvni e’lon qildi: Rossiya AQSh va global bozorlarga uch million tonnagacha dizel yoqilg‘isi yetkazib beradi. Shu maqsadda AQSh Moliya vazirligi 7-aprelgacha amal qiladigan sanksiyalardan voz kechish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi.* Marhum senator Lindsi Grem tashabbusi bilan qabul qilingan Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun.
https://oz.sputniknews.uz/20261017/aqshda-rossiya-bilan-dizel-kelishuviga--xalaqit-bermoqchi-bolishdi-61265998.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/04/60194420_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_d93c9263a34d677e4472a175181288a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, rossiya, donald tramp, sanksiya, sanksiyalar ro‘yxati, vladimir putin
aqsh, rossiya, donald tramp, sanksiya, sanksiyalar ro‘yxati, vladimir putin
Tramp Rossiyaga qarshi "do‘zaxiy sanksiyalar"ning bir qismidan voz kechdi
15:49 17.10.2026 (yangilandi: 15:53 17.10.2026) Trampning ushbu farmonini "muhim va chinakam tarixiy lahza" — Kirill Dmitriyev.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Eronga qarshi "do‘zaxiy sanksiyalar" qonunida ko‘zda tutilgan ba’zi choralardan voz kechishni buyurdi.
"Men shu bilan Grem qonuni* bilan tasdiqlangan sanksiyalar, cheklovlar va bojlarni qo‘llashdan voz kechaman", deyiladi AQSh prezidentining farmonida.
Shunday qilib, Tramp Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilinadigan mahsulotlarga 500% gacha va Moskvadan energiya sotib oladigan eng yirik beshta mamlakatdan tovarlarga 100% gacha bo‘lgan tariflardan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan mansabdor shaxslar, banklar va tashkilotlarga nisbatan cheklovlardan voz kechdi.
AQSh prezidenti ushbu farmonni bir necha kun oldin Rossiya bilan erishilgan dizel kelishuvidan so‘ng imzoladi. Ushbu qaror Vashington manfaatlariga mos kelishi ta’kidlangan.
Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Trampning ushbu farmonini "muhim va chinakam tarixiy lahza" deb atadi.
"Grem qonuni* Rossiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni samarali ravishda to‘xtatishi, birinchi navbatda Amerika iqtisodiyoti va global bozorlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin edi", deb ta’kidladi Rossiya prezidentining maxsus vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi, global iqtisodiy barqarorlikni rag‘batlantiradi va ishonchni mustahkamlash va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun zamin yaratadi.
"Sanksiyalar va qarama-qarshilik o‘rniga bizga muloqot, o‘zaro manfaatli hamkorlik va global barqarorlik uchun umumiy mas’uliyat kerak", deb xulosa qildi Dmitriyev.
Bir hafta oldin Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali suhbatlashishdi. Suhbatdan so‘ng, AQSh prezidenti energetika sohasidagi yirik kelishuvni e’lon qildi: Rossiya AQSh va global bozorlarga uch million tonnagacha dizel yoqilg‘isi yetkazib beradi. Shu maqsadda AQSh Moliya vazirligi 7-aprelgacha amal qiladigan sanksiyalardan voz kechish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qildi.
* Marhum senator Lindsi Grem tashabbusi bilan qabul qilingan Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun.