O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha qaysi davlat yetakchi?

Obuna bo‘lish
Rossiya, Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkorllari ham.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan 22 029 ta korxona mavjud. Shundan 4 851 tasi qo‘shma korxonalar va 17178 tasi xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchi

Rossiya ishtirokida O‘zbekistonda 994ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. Ikkinchi o‘rinda — Xitoy. Keyin Turkiya , Qozog‘iston va Janubiy Koreya.

Xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchi

Xorijiy korxonala soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni 6 649 ta korxona bilan Xitoy egalladi. Bu respublikadagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 30,2 foizini tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya (16,8%), uchinchi — Turkiya (10,9 %). Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (6,3 %), Janubiy Koreya (3,4%) va Afg‘oniston (3,4%) egallaydi.
2026 yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 4 841 taga (28,2 %) o‘sgan.
Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning jami soniga nisbatan eng katta ulushi Toshkent shahriga 62,4 %, Toshkent viloyatida – 14,0 %, Samarqandda – 3,6 % va Farg‘onada 3,2 %ga to‘g‘ri keldi.
Yangiliklar lentasi
0