Andijon — Vitebsk: chorvachilik sohasida yangi loyihaga start berildi

© Xokimiyat Andijanskoy oblastiV Vitebskoy oblasti Belarusi postroyat jivotnovodcheskiy kompleks s uchastiyem andijanskix investorov.
V Vitebskoy oblasti Belarusi postroyat jivotnovodcheskiy kompleks s uchastiyem andijanskix investorov.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2026
Obuna bo‘lish
Andijon sarmoyadorlari tashabbusi bilan Vitebsk viloyatida yirik chorvachilik majmuasi barpo etiladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Andijon va Belarusning Vitebsk viloyatlari orasida hamkorlik amaliy loyihalar bilan boyimoqda, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ayni kunlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Belarusning Vitebsk viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Andijon sarmoyadorlari tashabbusi bilan yangi qishloq xo‘jaligi korxonasini tashkil etish loyihasiga start berildi.
© Xokimiyat Andijanskoy oblastiV Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu "Andijan mayak".
V Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu Andijan mayak.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2026
V Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu "Andijan mayak".
Gorodok tumanidagi Klyushovo qishlog‘ida barpo etiladigan zamonaviy chorvachilik va bo‘rdoqichilik majmuasi 4 ming bosh qoramolni parvarishlash hamda go‘sht yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Agroklaster shaklida amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan bir qatorda turar joylar majmuasini ham tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Qurilish ishlarining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov hamda Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Rogojnik ishtirok etdilar.

Tadbir davomida loyihaning amalga oshirilishini ifodalovchi ramziy kapsula joylashtirildi. Marosim yakunida ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida qizil bargli dub ko‘chatlari ekildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashish va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
© Xokimiyat Andijanskoy oblastiV Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu "Andijan mayak".
V Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu Andijan mayak.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2026
V Vitebskoy oblasti otkrilos obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu "Andijan mayak".
Yangiliklar lentasi
0