O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘chrashuvi o‘tkazishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishIgrok FK "Krasnodar" i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov
Igrok FK Krasnodar i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2026
Obuna bo‘lish
Ayni damda Saudiya Arabistoni va Rossiya terma jamoalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Axmedov milliy terma jamoa noyabr oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sport24 nashri.
"Biz haqiqatan ham Rossiya Futbol ittifoqi bilan aloqadamiz va noyabr oyida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga yaqinmiz. Biz yozdan beri Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashni xohlayapmiz va hozirda barcha tafsilotlarni muhokama qilishda davom etmoqdamiz", dedi Axmedov.
Shuningdek u hozirda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan ham o‘rtoqliq uchrashuvi haqida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra o‘yin dastlab Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘yinni Toshkentga ko‘chirish muhokama qilingan. Saudiya tomoni hali bu variantga rozi bo‘lmagan.
Agar biz Saudiya Arabistoni bilan kelishuvga erisha olmasak, ehtimol, Rossiya terma jamoasi bilan Toshkentda o‘ynaymiz. Rossiya tomoni o‘yinni o‘tkazishdan manfaatdor, shuning uchun o‘yin joyi ochiq qolmoqda.
Hali yakuniy kelishuvlar yo‘q, ammo biz o‘yin bo‘yicha kelishib olishga yaqinmiz. Biz hali ham barcha tafsilotlarni milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan muhokama qilishimiz kerak. Umid qilamizki, biz ushbu o‘rtoqlik uchrashuvini noyabr oyida o‘tkaza olamiz", dedi Ahmedov Sport24 muxbiri Vladislav Shapiroga.
Sentabr va oktabr oylarida O‘zbekiston Eron (3-1), Suriya (4-1) va Janubiy Koreya (0-2) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.
Yangiliklar lentasi
0