Shavkat Mirziyoyev OHIChK sammitida nutq so‘zladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite SVMDA
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v sammite SVMDA  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2026
Obuna bo‘lish
Prezident tinchlik, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, sun’iy intellekt va yana qator sohalarda tashabbuslar bilan chiqdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bokuda bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sammitida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida prezident qator masalalarda to‘xtalib o‘tdi.

Nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish

Hammamiz guvohmiz, bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Osiyoning turli hududlaridagi qurolli nizolar barchamizni chuqur xavotirga solmoqda. Ularning oqibatlari mintaqa xavfsizligiga jiddiy putur yetkazmoqda, global iqtisodiyotga zarar keltirmoqda.
Bizning bu boradagi pozitsiyamiz aniq va qat’iy: har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur.

Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish

Siyosiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlarimizning doimiy va mustahkam poydevoriga aylanishi shart.
Biz Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilishi lozim. Xususan, transport va energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalar, savdo va raqamli aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlar katta ahamiyatga ega.

Sun’in intellekt

Sun’iy intellekt kundalik hayotimizni tez o‘zgartirmoqda. U cheksiz imkoniyatlar yaratish bilan birga, jiddiy xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Endilikda biz raqamli taraqqiyot barchaga birdek foyda keltirishi, texnologik rivojlanishdagi farq qisqarishi uchun bor imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur. Shu maqsadda Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusini ilgari suramiz. Buning uchun Kengash doirasida Ekspertlar maydonini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Unda mamlakatlarimiz mutaxassislari umumiy tavsiyalarni ishlab chiqishi va amaliy choralarni kelishib olishi mumkin bo‘ladi.

Iqlim barqarorligi bo‘yicha sheriklik

OHIChK iqlim o‘zgarishlariga moslashish uchun davlatlarning kuch va imkoniyatlarini birlashtira oladi. Buning uchun Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbusni taklif etamiz.
Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi. Shu tariqa ehtimoliy xavf-xatarlarni kamaytirishimiz va kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlab qolishimiz mumkin.

Madaniy gumanitar aloqalar

O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Biz kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyormiz. Mazkur anjumanda yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, sifatli ta’limdan foydalanish, raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalarni alohida ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Ushbu sohadagi qo‘shma hamkorligimiz yanada izchil bo‘lishi uchun Kengashning yaqin ikki yilga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini ishlab chiqishni taklif etamiz.
Yangiliklar lentasi
0