Mahallalarga 627 ming gektar yaylov 49-yilga bepul ijaraga beriladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishKorovi na pastbishe
Korovi na pastbishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
Ushbu maydonlar soliqdan ham ozod qilinadi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda mahallalarga 627 ming gektar yaylov 49-yilga bepul ijaraga beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan tanishgan taqdimotda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda yaylovlardan uzoq yillardan buyon foydalanib kelayotgan chorvadorlarning huquqlarini rasmiylashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hozir 260 ming bosh chorva boqilayotgan 623 ming gektar yaylovni amaldagi foydalanuvchilar nomiga rasmiylashtirish uchun tegishli komissiyaning vakolati yil oxirigacha uzaytiriladi.
“Olis hududlardagi aholi o‘z xonadonlaridagi chorvani o‘tlatishi uchun jamoat yaylovlari tashkil etiladi. Yil yakunigacha 470 ta mahallaga 627 ming gektar yaylov 49-yilga bepul ijaraga beriladi. Ushbu maydonlar soliqdan ozod qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Yangi tartibga ko‘ra, yaylov yerlarining toifasini o‘zgartirmasdan chorvachilik komplekslari qurishga ruxsat beriladi. Bu jarayonda yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi va yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlari kabi hisoblanadi. Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 130 gektar maydonda 55 ming boshdan ortiq chorvaga mo‘ljallangan 15 ta kompleks qurilishi belgilandi.
Yaylovlardan faqat chorva boqish uchun emas, balki ekoturizm, asalarichilik, dorivor o‘simliklar yetishtirish, ko‘chatchilik, ovchilik va pillachilik yo‘nalishlarida ham foydalanish muhim ekani qayd etildi.
Shu sababli yaylovlarni mazkur faoliyat turlari uchun ham ijaraga berishga ruxsat etiladi. Bunday loyihalarni amalga oshirishda yaylovlarning tabiiy holatini saqlash va ularning qayta tiklanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga yaylovlarni tiklash, suv va ozuqa bazasini mustahkamlash, aholi hamda tadbirkorlar uchun belgilangan yangi imkoniyatlarni joylarda amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Zona kormleniya korov na ferme - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2026
Aholi xonadonlaridagi nasldor buzoqlar uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
Yangiliklar lentasi
0