"Voqealar gorizonti": Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi ochildi

Obuna bo‘lish
Kamoliddin Behzod nomidagi muzeyda XI Toshkent xalqaro biyennalesi doirasida Xitoyning yetakchi musavvirlari ijodiga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazma ish boshladi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tashabbusi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida "Voqealar gorizonti" XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasidagi yangi ekspozitsiya tantanali ravishda ochildi.
Mazkur ko‘rgazma maydonchasining asosiy o‘ziga xosligi shunda bo‘ldiki, unda mahalliy mualliflarning ishlari o‘rin olmadi — muzey zallari to‘liq Xitoyning taniqli zamonaviy rassomlari ixtiyoriga berildi. Ekspozitsiyada ko‘p asrlik Sharq an’analari hamda zamonaviy san’at amaliyoti o‘rtasidagi nozik muvozanat mohirona aks ettirilib, rangtasvir bitiklari va noyob xattotlik namunalari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Muzey makoni madaniy xotira, borliq falsafasi va o‘zlikni anglash izlanishlarini o‘zida mujassam etgan madaniyatlararo muloqot markaziga aylandi.

"Kamoliddin Behzod nomidagi muzeydagi ekspozitsiya turli badiiy qarashlar, mualliflik uslublari va zamonaviy dunyoni anglash yo‘llarining chinakam uchrashuv maydoniga aylandi. Biz xitoylik ustalar loyihalari orqali tomoshabinlarga biyennalening global g‘oyasini ularning milliy falsafasi va estetikasi prizmasi orqali chuqurroq ko‘rish, mualliflarning „Voqealar gorizonti“ga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini yaratdik", — deya ta’kidladi biyennale kuratori, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zuhra Zaynutdinova.

Biyennalening parallel dasturi doirasida xitoylik taniqli rassom Xuan Chjichen (Xuan Jichan) tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi tadbirning eng qiziqarli voqealaridan biri bo‘ldi. Usta san’atsevarlar va mutaxassislarga tush hamda mineral bo‘yoqlar bilan ishlash sirlarini namoyish etib, an’anaviy "tog‘lar va suvlar" (shan-shuy) manzara janrining falsafiy mohiyatini ochib berdi.

"Boy madaniyat va san’at beshigi bo‘lgan Toshkentda ijodimizni namoyish etish biz uchun ulkan sharaf. An’anaviy „shan-shuy“ janri shunchaki tasviriy san’at bo‘lib qolmay, inson va tabiat uyg‘unligini anglatuvchi chuqur falsafadir. Bugungi zamonaviy dunyoda ushbu qadimiy muloqot tili barcha xalqlar uchun birdek yaqin va tushunarlidir", — deya o‘z fikrlarini bildirdi ko‘rgazma ishtirokchisi, musavvir Xuan Chjichen.

Ko‘rgazma san’at ixlosmandlariga Sharqning jonli an’analari hamda zamon bilan hamnafas konseptual izlanishlar chorrahasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berdi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
1/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
2/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
3/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
4/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
5/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
6/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
7/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
8/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
9/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
10/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
11/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
12/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
13/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
14/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
15/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
16/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
17/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
18/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
19/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
20/20

Toshkentda Xitoy rassomlari ko‘rgazmasi

Yangiliklar lentasi
0