Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi 20 foizga kamaytiriladi

© SputnikPosilka
Posilka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2026
Obuna bo‘lish
1 noyabrdan yig‘imi stavkasi bir kg uchun 7 040 so‘m bo‘ladi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
“2026 yil 1-noyabrdan xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi”, - deyilgan hujjatda.
Amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 1 kg brutto vazn uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizini tashkil etadi.
2026 yil 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m etib belgilangan, shu sabab bu miqdor 1 kg uchun 8 800 so‘mga teng.
Stavka 20 foizga pasaytirilgandan so‘ng yig‘im miqdori 1 kg uchun BHMning 1,6 foiziga (hozirgi BHM bo‘yicha bir kg uchun 7 040 so‘m) tushishi kutilyapti.
Sotrudnitsa stavit pechat na banderol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2025
Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi belgilandi
Yangiliklar lentasi
0