Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Sputnik”da O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashi yig‘ilishi yakunlari muhokama qilinadi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2026
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilari yig‘ilish natijalari va asosiy kelishuvlarni muhokama qiladi, hududlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi yakunlari muhokama qilinadi.
Toshkent - Farg‘ona - Omsk - Tomsk - Krasnoyarsk videoko‘prigi 14-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro brendlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Azamat To‘xtaoxunov
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili;
Farg‘onada:
Farg‘ona shahri hokimi o‘rinbosari Jahongir Isroilov;
Omskda:
Omsk viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Andrey Shpilenko;
Tomskda:
Tomsk viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Vasiliy Potomkin;
Krasnoyarskda:
Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatorining tashqi aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Oksana Sarova.
6 oktabr kuni Farg‘onada O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning 17 ta hududi rahbarlari va vakillari, O‘zbekistonning barcha hududlari delegatsiyalari hamda ikki mamlakatning 400 nafarga yaqin tadbirkori ishtirok etdi. Yakunda 4 ta bitim imzolandi.
Videoko‘prik ishtirokchilari yig‘ilish natijalari va asosiy kelishuvlarni muhokama qiladi, hududlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi, yangi qo‘shma loyihalar va ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2026
Mirziyoyev O‘zbekiston va RF hududlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
Yangiliklar lentasi
0