https://oz.sputniknews.uz/20261013/ozbekiston-kiberjinoyat-61142959.html
O‘zbekistonda qariyb 17 500 ta kiberjinoyat fosh etildi
O‘zbekistonda qariyb 17 500 ta kiberjinoyat fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Kibermakonda taqiqlangan materiallarni 1 011 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. 13.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-13T13:14+0500
2026-10-13T13:14+0500
2026-10-13T13:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kiberxavfsizlik
kiberhujum
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/11/59095372_0:0:1449:815_1920x0_80_0_0_86df42d83d3185ac92bded9ce04e76cf.png
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilda jami 17 483 ta kiberjinoyat fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.IIVda kiberxavfsizlikni ta’minlash, kiberjinoyatchilikning oldini olish hamda bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Tadbirda ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov rahbarligida vazir o‘rinbosarlari hamda sohaviy xizmatlarning mas’ullari ishtirok etdi.Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus tizim orqali bank kartasidan o‘zlashtirilgan pullarni to‘xtatish (bloklash) mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani natijasida joriy yilning 9 oy davomida 77 mlrd 344 mln so‘mning noqonuniy chetga chiqib ketishining oldi olindi hamda 43 001 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklandi.Fuqarolarning bank hisob varaqlaridan mablag‘larni noqonuniy yechib olishga yo‘naltirilgan 38 mingdan ortiq “fishing” zararli dasturlari to‘xtatilib, 668 ming nafardan ortiq fuqaroning qurilmalari hamda pul mablag‘lari talon-torojdan himoyalandi.Qayd etilishicha, internet monitoringi natijasida 6 771 ta ma’lumot o‘rganilib, 3 192 ta xavfli resurs bloklandi, 1 446 ta firibgarlikka undovchi zararli havolalar faoliyatiga chek qo‘yildi. Kibermakonda taqiqlangan materiallarni tarqatgan 335 nafar shaxs ma’muriy va 1 011 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.“APK Qo'riqchi” platformasini amaliyotga keng joriy etish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini maqsadli amalga oshirish, aholining firibgarlik usullari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari haqida xabardor qilish va profilaktik ishlarini samaradorligini oshirish talab qilindi.Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagani tanqid qilindi. Hududlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Yakunda mutasaddilarga kiberjinoyatchilikning oldini olish borasida zamonaviy axborot platformalarini amaliyotga keng joriy etish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muntazam tahlil qilib borish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/suniy-intellekt-dipfeyk-uzbekistan-kiberstrategiya-56356012.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/11/59095372_0:0:1449:1086_1920x0_80_0_0_bb6ebfbce324da68165143ebceb98f00.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, kiberxavfsizlik, kiberhujum, iiv
jamiyat, o‘zbekiston, kiberxavfsizlik, kiberhujum, iiv
O‘zbekistonda qariyb 17 500 ta kiberjinoyat fosh etildi
Kibermakonda taqiqlangan materiallarni 1 011 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilda jami 17 483 ta kiberjinoyat fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. IIVda kiberxavfsizlikni ta’minlash, kiberjinoyatchilikning oldini olish hamda bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov rahbarligida vazir o‘rinbosarlari hamda sohaviy xizmatlarning mas’ullari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus tizim orqali bank kartasidan o‘zlashtirilgan pullarni to‘xtatish (bloklash) mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani natijasida joriy yilning 9 oy davomida 77 mlrd 344 mln so‘mning noqonuniy chetga chiqib ketishining oldi olindi hamda 43 001 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklandi.
“Joriy yilda jami 17 483 ta kiberjinoyat fosh etildi, 5 600 ta jinoyat tashabbus asosida aniqlandi va 19 ming nafardan ortiq fuqaroga yetkazilgan 209 mlrd 934 mln so‘mdan ziyod moddiy zarar qaytarildi”, - deyilgan xabarda.
Fuqarolarning bank hisob varaqlaridan mablag‘larni noqonuniy yechib olishga yo‘naltirilgan 38 mingdan ortiq “fishing” zararli dasturlari to‘xtatilib, 668 ming nafardan ortiq fuqaroning qurilmalari hamda pul mablag‘lari talon-torojdan himoyalandi.
Qayd etilishicha, internet monitoringi natijasida 6 771 ta ma’lumot o‘rganilib, 3 192 ta xavfli resurs bloklandi, 1 446 ta firibgarlikka undovchi zararli havolalar faoliyatiga chek qo‘yildi. Kibermakonda taqiqlangan materiallarni tarqatgan 335 nafar shaxs ma’muriy va 1 011 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.
“APK Qo'riqchi” platformasini amaliyotga keng joriy etish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini maqsadli amalga oshirish, aholining firibgarlik usullari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari haqida xabardor qilish va profilaktik ishlarini samaradorligini oshirish talab qilindi.
Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagani tanqid qilindi. Hududlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yakunda mutasaddilarga kiberjinoyatchilikning oldini olish borasida zamonaviy axborot platformalarini amaliyotga keng joriy etish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muntazam tahlil qilib borish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.